25-noyabr “Xalqaro Ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish” kuni

1981 yildan beri dunyo bo‘ylab faol ayollar 25-noyabrda Zo‘ravonlikka qarshi kurashish kunni nishonlab keladilar. Shu munosabat bilan institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti talaba-qizlari uchun Xotin qizlar kengashi raisi M.Urazmatova, fakultet tyutori G.Niyazova, institut psixologi R.Muxamedjanovalar davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida institut psixologi talabalarga ushbu sanaga oid ma’lumotlarni o’qib eshittirdi.Hamda talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Maroqli hordiq

Joriy yilning 24-noyabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutorlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi tashabbusi bilan 1-Talabalar turar joyida talaba-yoshlar o’rtasida “SHAXMAT va SHASHKA” o’yinlari musobaqa tarzda tashkillashtirildi.Bellashuv davomida rektor yordamchisi Kayumars Xondamirovich ham talabalar bilan shaxmat o’yinida bellashib ko’rdilar.Ushbu bellashuvlarda barcha iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi.

Mahorat darsi

Hozirgi davrda IT texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgani, mehnat bozorida aynan shu soha vakillariga bo‘lgan talab ham ortib borayotganini real hayotimizda ko‘rib turibmiz.Shu bois joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining talaba-yoshlari uchun “Farobiy IT Academy” vakillari ishtirokida IT olamida to‘g‘ri yo‘nalish tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida maxsus seminar-trening tashkil etildi.Ushbu …