Tashrif

23-noyabr kuni Fransiyaning Parijdagi Arab dunyosi institutida o’zbek to’qimachilik va zargarlik san’atiga bag’ishlangan “Samarqandga yo’l.Ipak va oltin mo’jizalari” ko’rgazmasi ochilishi bo’lib o’tdi.Unda O’zbekiston hunarmandlarining noyob durdona asarlari namoyish etildi.Ushbu ko’rgazmada Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti o’quv ishlari bo’yicha prorektor hamda O‘zbekiston dizaynerlar uyushmasi raisi X.H.Kamilova ishtirok etdilar.Bu institut uchun katta sharaf.Madaniyat va san’atni rivojlantirish …

Davra suhbati

25-noyabr – BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “Xalqaro ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish” kuni munosabati bilan To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti xotin qizlar kengashi a’zolari talaba-qizlar o‘rtasida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida fakultet Xotin-qizlar qo’mitasi raisi N Yusupova hamda N.Yusupalievalar tomonidan atroflicha fikr bildirib, jamiyat hayotida ayollar huquqini mustahkamlash, ularga nisbatan …

Sayohat

Joriy yilning 25-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “To’qimachilik sanoati texnologiyasi” fakulteti tyutori O.Berdiyeva 8-20 guruhi talabalari bilan O’zbekiston davlat san’at muzeyiga tashrif buyurdilar.Muzeyni sayohat qilish mobaynida talabalar xar hil qadimiy eksponatlar, kitoblar va qo’lyozmalar, gilamlar, zardo’zlik na’munalari, xar hil naqshli so’zanalar, toshlarga va yog’ochga bitilgan rasmlarni tomosha qildilar.Milliy shoxona to’nlarimiz, zargarlik buyumlari, …

25-noyabr “Xalqaro Ayollarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish” kuni

1981 yildan beri dunyo bo‘ylab faol ayollar 25-noyabrda Zo‘ravonlikka qarshi kurashish kunni nishonlab keladilar. Shu munosabat bilan institut “Paxta sanoati texnologiyasi” fakulteti talaba-qizlari uchun Xotin qizlar kengashi raisi M.Urazmatova, fakultet tyutori G.Niyazova, institut psixologi R.Muxamedjanovalar davra suhbati tashkil etildi.Davra suhbatida institut psixologi talabalarga ushbu sanaga oid ma’lumotlarni o’qib eshittirdi.Hamda talaba qizlarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Maroqli hordiq

Joriy yilning 24-noyabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutorlari hamda Yoshlar ittifoqi yetakchisi tashabbusi bilan 1-Talabalar turar joyida talaba-yoshlar o’rtasida “SHAXMAT va SHASHKA” o’yinlari musobaqa tarzda tashkillashtirildi.Bellashuv davomida rektor yordamchisi Kayumars Xondamirovich ham talabalar bilan shaxmat o’yinida bellashib ko’rdilar.Ushbu bellashuvlarda barcha iqtidorli talabalar faol ishtirok etishdi.

Mahorat darsi

Hozirgi davrda IT texnologiyalar jadal rivojlanib borayotgani, mehnat bozorida aynan shu soha vakillariga bo‘lgan talab ham ortib borayotganini real hayotimizda ko‘rib turibmiz.Shu bois joriy yilning 24-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Paxta sanoati texnologiyasi” fakultetining talaba-yoshlari uchun “Farobiy IT Academy” vakillari ishtirokida IT olamida to‘g‘ri yo‘nalish tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida maxsus seminar-trening tashkil etildi.Ushbu …

Talaba-yoshlar diqqatiga!

Institutning iqtidorli qiziquvchan talabalarining xohish istaklariga binoan,📊 mahorat darslari, marafonlar, “Master-klasslar” bo’lib o’tmoqda.Bu galgi marafonimizga “CHUST TEXTILE” asoschisi Jamshid Ismatullayev tashrif buyuradilar.Marafon mavzusi: “XUSUSIY BIZNES”Joriy yilning 1-dekabr kuni soat 14:00 da institut qoshidagiKOR-UZ TEXNOPARKning“FASHION HALL” da bo’lib o’tadi. Barchangizni ushbu do’stona uchrashuvimizda kutib qolamiz. Roʻyxatdan oʻtish (https://forms.gle/UVK4Hzq1SxcSRQbj9) Вниманию студентов По пожеланиям талантливых и любознательных студентов …

”Merit Chemicals” holding kompaniyasining institutga tashrifi

Joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent to’qimachlik va yengil sanoat institutiga Kimyoviy xomashyo savdosi bo’yicha yetakchi kompaniyalardan biri ”Merit Chemicals” holding kompaniyasi vakillari tashrif buyurdilar.Mutaxassislar institutning iqtidorli faol talabalari bilan ochiq muloqot qildilar.Talabalarni qiziqtirgan savollarga soha doirasida to’liq javob berdilar.Ushbu kompaniyada ishlashni xohlagan talabalarni ishga taklif qildilar.

Adiblar hiyoboniga professor-o’qituvchilarning tashrifi davom etmoqda

Joriy yilning 23-noyabr kuni ”Matbaa texnologiyalari” fakulteti ”Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professor-o’qituvchilari Adiblar hiyoboniga tashrif buyurib, Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek ijodiga bag’ishlab tadbir tashkil etdilar.Tadbirga shoir Bobur Bobomurod taklif qilindi.U yig’ilganlarga o’z ijodiy faoliyatini ilk bor To’qimachilik va yengil sanoat institutidagi ijodiy uchrashuvlarda ishtirok etgani haqida gapirib berdi.Hamda professor-o’qituvchilarga Oybekning hayoti va ijodi haqida ma’ruza o’qib, …

TALABALAR TURAR JOYIDA PROFILAKTIK
MONITORING TASHKIL ETILDI

Talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-yoshlarning yashash sharoitlari har doim nazoratda.Institut profilaktik noziri, kapitan A.R.Tadjibayev rahbarligida Yakkasaroy tuman FVBP va NB inspektori kapitan M.Sh.Sharifov birgalikda 22-noyabr kuni “Yong‘in xavfsizligi oyligi” munosabati bilan talabalar turar joyida yashovchi talaba-yoshlar o‘rtasida uchrashuv va profilaktik monitoring tashkil etildi.M.Sh.Sharifov tomonidan TTJ hududida yong‘in holatlari kuzatilgan taqdirda darhol o‘t o‘chirish xizmati …