🏆“Eng yaxshi tyutor” tanlovi eʼlon qilinadi!

Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti taʼlim va tarbiya olish, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, ustoz-shogird tizimida ishlash, toʻplangan maʼnaviy merosni asrab-avaylash, buyuk ajdodlarimizga hurmat va iftixor tuygʻusida boʻlgan yoshlarni tarbiyalashda ishtirok etayotgan tyutorlarni ragʻbatlantirish maqsadida faol va tashabbuskorlik bilan faoliyat olib borayotgan tyutorlar oʻrtasida “Eng yaxshi tyutor” tanlovini eʼlon qiladi! Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi: …

TTYSIda “Yoshlar Orolni asraydi” nomli aksiya oʻtkazildi.

26-oktyabr kuni Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi professor oʻqituvchilari yoshlarning eʼtiborini Orol muammosiga qaratish talabalarni dengizning qurishi muammosiga yechim topish bilan bogʻliq ilmiy izlanishlar olib borishga undash maqsadida “Yoshlar Orolni asraydi” nomli aksiya oʻtkazdi. Aksiya doirasida talabalarni guruhlarga boʻlib, ular orasida tanlov eʼlon qilindi. Tanlovda beshta jamoa ishtirok etib, ularning vazifasi Orol muammosini chuqur oʻrganish, …

“Yoshlar akademiyasi” forumi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga muvofiq Toshkent to’qimachilik va yengil sannoat institutida tashkil etilayotgan “Yoshlar akademiyasi” faoliyatini yo’lga qo’yish maqsadida tashabbuskor, izlanuvchan, innovatsion loyihalar yaratishga qiziquvchan talabalarimiz hamda akademiya a’zolari o’rtasida”Yoshlar akademiyasi” forumi bo’lib o’tdi.Bir qator professor-o‘qituvchilar, institutimizda faoliyat yuritib kelayotgan ustozlar …

Amaliy san’at olamiga sayyohat

Yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash, ularda milliy madaniyatimizga bo’lgan hurmat xissini oshirish maqsadida joriy yilning 26 oktabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasining professor o’qituvchilari talabalar bilan birgalikda “Amaliy san’at muzeyi”ga tashrif buyurishdi.Amaliy san’at muzeyida milliy madaniyatimizning uzviy qismi bo’lgan xalq amaliy san’atining eng noyob yodgorliklari saqlanadi. Tashrif chog’ida talabalar muzey ekspozitsiyalarida saqlanayotgan xalq amaliy san’atining 50 dan …

Professor o‘qituvchilarni bo’sh vaqtlari

Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish nafaqat talabalar balki professor o‘qituvchilar uchun juda muhimdir. Zero talabada fanga nisbatan qiziqish uyg‘onishi, g‘ayrat qilib o‘qishi uchun unga zamonning eng so‘nggi ilmiy tajriba va tadqiqotlaridan xabardor, yoshlar va zamon bilan hamnafas muallim zarurdir.Xuddi shu maqsadda, 26 oktyabr sanasida “Fizika va elektrotexnika” kafedrasining professor-o’qituvchilari kunning ikkinchi yarmida bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazish …

Profilaktik suhbat

Kuni kecha TTYESI Paxta sanoat texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida Yoshlarning ma’naviy-axloqiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yo‘llari mavzusida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Unda Institut profilaktika inspektori A.Tadjibayev tomonidan giyohvandlik inson umrining zavoli ekani, ushbu illatga ruju qo’ygan kishilar butun hayoti davomida nafaqat oilasi, balki jamiyat zavoliga aylanishi mumkinligi, turli …

Sayohat

Joriy yilning 26-oktabr kuni Matbaa texnologiyalari fakulteti tyutori B.Fayziyev tashabbusi bilan birinchi kurs talabalarni Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylari bilan tanishtirish maqsadida “Magic city” va “Adiblar xiyoboniga” tashrif uyushtirildi.

Orol muammosi bu nafaqat O‘zbekiston yoki Markaziy Osiyo balki allaqachon global tus olgan fojiadir. 1960-yillarda qurib boshlagan ushbu berk dengiz masalasi hamon o‘zning yechimini topganicha yo‘q.

Shu sababdan, bugun – 26 oktyabr kuni TTYeSI Mehnat muhofazasi va ekologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari yoshlarning eʼtiborini ushbu muammoga qaratish, uning aktualligini oshirish va talabalarda Orolning qurishi muammosiga yechim topish bilan bog‘liq ilmiy izlanishlar olib borishlariga undash maqsadida “Yoshlar Orolni asraydi” nomli aksiya o‘tkazishdi. 🔸Aksiya doirasida talabalarni guruhlarga bo‘lib ular orasida tanlov eʼlon qilindi. Tanlovda …

“Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” nomli davra suhbati

26-oktyabr sanasida institutning birinchi kurs talabalari bilan ijtimoiy fanlar va jismoniy madaniyat kafedrasi professor o‘qituvchilari “Buyuk yurtning baxtiyor farzandlari” nomli davra suhbati o‘tkazishdi. Suhbatda kafedraning professori, falsafa fanlarni doktori, Turon fanlar akademiyasi akademigi – Gulorom Masharipova hamda pedagogika fanlari nomzodi, dotsent – Xolmurodova Jumagullar galma-gal spikerlik qilishdi. 📂2016 yilda qayta tuzilgan yoshlarga oid davlat siyosatining …