🇨🇭Shveysariyaning “Rieter” kompaniyasi mutaxassislari TTESIda mahorat darslari oʻtkazmoqda.

9–14-oktyabr kunlari Yigirish texnologiyasi kafedrasi oʻqituvchi va talabalari uchun kompaniya menejeri Dharmraj Singh seminar olib boryapti. Hukumatlararo kelishuv doirasida “Rieter” firmasi bir qator oʻquv dasturlarini yoʻlga qoʻygan boʻlib, hozirda dastur boʻyicha seminar mashgʻlotlarining 2-bosqichi amalda davom etmoqda. Mashgʻulotlar davomida tinglovchilar firmaning yuqori texnologiyalarga asoslangan, takomillashgan mashinalari bilan batafsil tanishib, yigirish korxonalarida texnologik parametrlarni toʻgʻri tanlash …

Joriy yilning 12-oktyabr kuni Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Nodira Shotursunova Yengil sanoat texnologiyasi va Dizayn fakulteti faoliyati bo’yicha suhbat o’tkazildi.

  Joriy yilning 12-oktyabr kuni Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektor Nodira Shotursunova Yengil sanoat texnologiyasi va Dizayn fakulteti faoliyati, mavjud muammolar, ularning yechimi hamda xalqaro hamkorlik borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi. Suhbat davomida belgilangan vazifalarni bajarilish holatiga to’xtalib, kelgusida xalqaro aloqalar bo’yicha rejalarni amalga oshirishda fakultet jamoasining o’rni kattaligi alohida ta’kidlab o’tildi.

“STARTUP”, “Ideaton Uzbekistan-2030”, “Top 10 Innovator” loyihalari yuzasidan iqtidorli talabalar a’zolari bilan suhbat o’tkazildi.

Joriy yilning 12-oktyabr kuni “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi” tomonidan yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, Ilmiy va innovatsion loyiha yo‘nalishlarida ilmiy-texnik ijodkorlik va ixtirochilikni rag’batlantirish, innovatsion faollikni oshirish, yangi texnika, texnologiya va raqobatbardosh mahsulotlarni yaratishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy qilingan “STARTUP”, “Ideaton Uzbekistan-2030”, “Top 10 Innovator” loyihalari …

Har yili 11-oktyabrda butun dunyo boʻylab qizlar kuni keng nishonlanadi. Chunki BMT bosh assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” (International day of the Girl Child) deb eʼlon qilingan.

BMTga aʼzo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bogʻliq holatlarni oʻrganish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, mazkur sana har yili butun jahon boʻyicha qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga eʼtibor qaratish maqsadida ham nishonlab kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, …

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida 9-oktyabr kuni Erasmus+ Week doirasida axborot kuni tashkil etildi.

Tadbirda Krit texnika universiteti (Gretsiya), YASI universiteti (Ruminiya), EGE universiteti (Turkiya), Politechnico Calzaturiyero instituti (Italiya) Taraz hududiy universiteti (Qozogʻiston), M.Avezova nomli Janubiy Qozogʻiston universiteti, CreThiDev Innovatsiya markazi (Gretsiya), GURU servis konsalting kompaniyasi (Gretsiya) hamda “Oʻzcharmsanoat” uyushmasi, Jizzax politexnika instituti, Oʻzbekiston Ixtirochi ayollar markazi va charm- poyabzal korxonalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga TTYESIda amalga …

TTYESI Yoshlar ittifoqi kengashi a’zolari joriy yilning 7-oktabr kuni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash maqsadida Olmazor tumanida joylashgan “Iroda fashion home” tikuv sexiga sayohat uyushtirishdi.

▫️Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida 2022-2023 o’quv yilidan dual ta’lim shakli joriy etilgan bo’lib, hozirgi o’quv jarayonida ishlab chiqarish amaliyotini keng tatbiq etish, talabalarning amaliy ko’nikma va malakalarni yuksak darajada egallashiga alohida e’tibor qaratilgan. ▫️Ushbu imkoniyatdan keng foydalanishni maqsad qilgan TTYESI Yoshlar ittifoqi kengashi a’zolari joriy yilning 7-oktabr kuni nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog’lash …

Diqqat e’lon!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug’i Chora-tadbirlar rejasining 28-bandi “Street workout” boʻyicha Institut talabalari oʻrtasida musobaqalar oʻtkazish vazifasi ijroda… 🙌🏻 TTYESIda 2023-yil 4-oktabr kuni soat 12:00 da Institut sport hovlisida bo’lib o’tadigan “Street workout” boʻyicha musobaqalarga talaba-yoshlarni taklif qilamiz… 📍Tanlovda g’oliblikni qo’lga kiritganlar qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Qo’shimcha ma’lumot uchun:+998 97 …