Maʼruzalar silsilasini Germaniyaning “Trützschler” kompaniyasi mutaxassisi boshlab berdi.

🗣Birinchi shoʻba maʼruzalariga Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining tayanch doktorantlari yakun yasadi. Ularning ilm-fan uchun qoʻshayotgan hissasi va olimlik faoliyatiga qoʻyayotgan munosib qadamlari xalqaro darajadagi professorlar tomonidan eʼtirof etildi.

Xalqaro anjumanning ikkinchi kuni ham ochiq deb eʼlon qilindi.

Anjumanning ikkinchi kuni toʻqimachilik, sanoat va taʼlim sohasidagi eng dolzarb mavzular doirasidagi maʼruzalarni oʻzida jamlagan 4 shoʻbadan iborat. Ularning birinchisi toʻqimachilik va paxta sanoati tarmoqlariga innovatsion texnologiyalarni joriy qilish asosida rivojlantirish masalalari hamda ekologik muammolarga bagʻishlandi.

TTYSIda Italiya kompaniyasi filiali ochilishi rejalashtirilmoqda.

Xalqaro anjuman doirasida institut rektori Davron Vaxabov Italiyaning “Tecon” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazdi. Mehmonlar hamkorlik uchun doim tayyor ekanini bildirdi. Suhbat davomida TTYSIda “Tecon” kompaniyasining filialini ochish masalasi koʻrib chiqildi. Korxona vakili Kamila Taviti institutda dual taʼlim rivojlanishi yoʻlida kompaniyaning ham hissasi qoʻshilishi ular uchun katta sharaf ekanini aytdi.  

TTYSI talabalari tajriba orttirish uchun Hindistonga joʻnatiladi.

Dual taʼlimni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan anjuman doirasida 28-noyabr kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vaxabov Hindistonning “Weaves&Crafts” kompaniyasi vakillari bilan suhbatlashdi. Hindiston elchisi va koʻplab rasmiy vakillar ishtirokida oʻtgan uchrashuvda institutimiz rektori talabalarni Hindistonning hunarmandchilik va moda poytaxtiga aylangan Telangana shtatiga uch oylik oʻqish va tajriba almashish uchun joʻnatish taklifini berdi. Mehmonlar …

Xalqaro anjumanda 20 ga yaqin hamkorlik memorandumi imzolandi.

Dual taʼlimni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida chet el oliygohlari va turli kompaniya rahbarlari bilan birgalikda jami 20 ga yaqin hamkorlik memorandumi tuzildi. Bitimlar mazmuni talabalarning xorijda bilim olib qaytishini taʼminlash, professor-oʻqituvchilar uchun boshqa oliygohlarda amaliyot oʻtashni tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislarni TTYSIga taklif etish va turli tadqiqotlar oʻtkazishdan iborat.

Xorijlik mehmonlar texnoparkdagi laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi.

Anjuman mehmonlari Koreya–Oʻzbekiston texnoparkidagi zamonaviy texnologiyalardan iborat laboratoriyalar faoliyati bilan tanishdi. Paxta, charm va toʻqimachilik sanoati bilan shugʻullanuvchi jami 5 ta laboratoriya mehmonlar eʼtiboriga havola etildi. Laboratoriyalarning faoliyati juda samarali tashkil etilgani eʼtirof etildi.

Xalqaro anjumanda 20 ga yaqin hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝Dual taʼlimni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman doirasida chet el oliygohlari va turli kompaniya rahbarlari bilan birgalikda jami 20 ga yaqin hamkorlik memorandumi tuzildi. Bitimlar mazmuni talabalarning xorijda bilim olib qaytishini taʼminlash, professor-oʻqituvchilar uchun boshqa oliygohlarda amaliyot oʻtashni tashkil etish, yuqori malakali mutaxassislarni TTYSIga taklif etish va turli tadqiqotlar oʻtkazishdan iborat.

zakovat

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi F-72-son farmoyishiga asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan TTYESI tyutorlari O.Berdiyeva va A.Rahimovlar tashabbusi bilan faol, bilimga chanqoq va zukko talaba-yoshlar o’rtasida 2023-yil 28-noyabr sanasida “ZAKOVAT” intellektual o’yini tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi haqidagi savollar …

Davron Vaxabovga Rossiya Iqtisodiyot universitetining “Faxriy professor” unvoni berildi.

Rossiya Iqtisodiyot universiteti direktori, O’zbekiston fanlar akademiyasining akademigi  Kalandar Abduraxmanov TTYSI rektori Davron Vaxabovga “Faxriy professor” unvonini topshirdi. Institutimiz rektoriga bu unvon toʻqimachilik, yengil sanoat va yondosh taʼlim sohalarini rivojlantirish yoʻlida qilgan beminnat mehnatlari va qoʻshgan ulkan hissasi uchun berilgan. “Davron Vaxabov — yosh boʻlishiga qaramasdan oʻzida haqiqiy olimlik va sohasiga fidoyilik xislatlarini namoyon etgan …