Institut rektori xalqaro tadbirni ochiq deb eʼlon qildi.

Dual taʼlim tizimiga oid xalqaro anjuman TTYSI rektori Davron Vaxabov tomonidan ochib berildi. Tadbirning nufuzli mehmonlari nutq soʻzlab, tadbir yuqori darajada tashkil etilganini, institutda dual taʼlim tizimi bexato ishlayotganini taʼkidlashdi. Shundan soʻng dizayner professor-oʻqituvchilar va talablarning sara asarlarini oʻzida jam etgan modalar namoyishida 30 dan ortiq liboslar mehmonlar eʼtiboriga havola etildi.

Anjumanda xorijiy mehmonlar koʻrgazmasi tashkil etildi.

Xalqaro anjuman oʻta qizgʻin kechmoqda. Tadbirning xorijiy mehmonlari oʻz tashabbusi bilan koʻrgazma tashkil etdi. Jahon bozoridagi yetakchi moda brendlari hisoblanuvchi Boss va Nike oʻz mahsulotlarini yigʻilganlar eʼtiboriga havola etdi. Ayni paytda ushbu brendlar mahsulotlari Oʻzbekistonda ham ishlab chiqarilmoqda. Endilikda bu ikki korxona eshiklari ham TTYSI talabalari uchun ochiqdir.

Koreya–Oʻzbekiston texnoparkida xalqaro anjuman boshlandi.

Uzoq kutilgan, taʼlim va sanoat sohasida ulkan hodisaga aylanishi kutilayotgan anjuman bugun, 28-noyabrda oʻzining ilk mehmonlariga eshik ochmoqda. TTYSI va SSP hamkorlikda oʻtkazayotgan konferensiya “Soha korxonalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda dual taʼlimning oʻrni hamda fan, taʼlim, ishlab chiqarish klasterlarini rivojlantirishda innovatsion yondashuvlar” mavzusida oʻtkazilmoqda.

25 noyabr sanasida Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti (MISIS)ning “Konchilik jihozlari, transporti va mashinasozligi” kafedrasi dotsentlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

 Uchrashuvda har ikkala tomon o‘zlarining pedagogik va ilmiy faoliyatlari bilan bir-birlarini tanishtirdilar va bugungi kunda mavjud eng so‘nggi ilg‘or tadqiqotlar, ularning nazariy va amaliy ahamiyati xususida mushohada qilishdi.

Dissertatsiya ishi muhokamada

Joriy yilning 25 noyabr kuni Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi kafedrasida kafedra doktorantlarining ilmiy ishlari bajarilish xolati muhokama qilindi. Xususan doktorant B.Kuziyevning “Tozalash uskunalarini takomillashtirish asosida chiqindidagi paxtadan sifatli tola olish” mavzusida bajargan dissertatsiya ishi muhokama qilindi. Unda doktorant mavjud muammolar to’g’risida gapirib ularni bartaraf qilish bo’yicha amalga oshirgan ishlari to’g’risida ma’lumot berib o’tdi. Doktorantning …

E’LON!

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-noyabrdagi“O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi F-72-son farmoyishiga asosan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan TTYESI Axborot resurs markazida faol, bilimga chanqoq va zukko talaba-yoshlar o’rtasida 2023-yil 28-noyabr soat 12-00 da “ZAKOVAT” intellektual o’yini tashkil etiladi. 🙌🏻 Institutning barcha talabalarini Konstitutsiyaviy bilimlarini sinab ko’rishiga taklif …