Diqqat tanlov!

Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda faolligini oshirish va faol talaba qizlarni aniqlash maqsadida Matbaa texnologiyalari fakulteti talaba-qizlalari uchun “Miss fakultet 2023” ko’rik tanlovini e’lon qilamiz…. 📍Tanlov 2023-yil 13-dekabr kuni Insitut Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi. G’oliblar esdalik sovg’alar hamda qimmatbaho buyumlar bilan taqdirlanadi.

TTYSI kafedra mudirlari Kostroma davlat universiteti prorektori bilan uchrashdi

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti kafedra mudirlari O.Kadirov va A.Ulukmuradov 8-dekabr kuni Kostroma davlat universitetining Yoshlar siyosati va tarbiya faoliyati boʻyicha prorektori Olga Skryabina bilan suhbat olib bordi. Suhbat boshida TTYSI kafedra mudirlari tomonidan institutimizda taʼlim tizimi boʻyicha olib borilayotgan ijobiy islohatlar haqida maʼlumot berildi. Olga Skryabina tomonidan TTYSI va Kostroma davlat universiteti oʻrtasida …

“Davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiya asoslari boʻyicha imtihonlar oʻtkazish tizimini amalda tatbiq etishimiz zarur”

Asosiy qonunimizni oʻrganishni bolalar bogʻchasidan boshlash, barcha darajadagi taʼlim muassasalari, aholining turli qatlamlari, ayniqsa, davlat xizmatchilari ushbu jarayonga toʻliq jalb etilishi lozim. Shuning uchun davlat xizmatiga ishga kirishda Konstitutsiya asoslari boʻyicha imtihonlar oʻtkazish tizimini amalda tatbiq etishimiz zarur. Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiya kuni munosabati bilan tabrigidan.

“Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

9-dekabr kuni poytaxtimizdagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya qoʻshinlarining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganiga 31 yil toʻlishi munosabati bilan Prezident Administratsiyasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va tegishli vazirliklar hamkorligida “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbir davomida bir guruh ziyolilar, maʼrifat targʻibotchilari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar …

Tavallud ayyomingiz qutlugʻ boʻlsin.

Institutning birinchi binosi birinchi qavat chap tomondagi “Rektorat” xodimlari uchun ajratilgan uzun yoʻlakdan yurib, 203-xonaga qadam ranjida etsangiz, har gal bahs-munozaralar yoki qabulxonada yordamchi qizlarning yonida kimdir oʻz navbatini kutib turganiga guvoh boʻlasiz. Bu xonada ishlanadi, zahmatli mehnat qilib, ter toʻkiladi. Hamma ishini tugatib, xonasi eshiklariga qulf osib, birinchi binodan chiqib ketadigan har qanday institut …

Eʼlon

Hurmatli bakalavr va magistratura yo‘nalishidagi talabalar, doktorantlar va ilmiy tadqiqot olib boruvchilar, kafedra mudirlari va ilmiy xodimlari, orangizda Xitoy Xalq Respublikasida talabalar almashinuvi, yozgi taʼlim dasturlari, qo‘shma tadqiqot olib borish yoki magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqchi bo‘lganlar bo‘lsa, eʼlon qilinajak grantlar, yaratib beriladigan sharoitlar va qabul uchun shartlar xususida batafsil maʼlumotga ega bo‘lish hamda universitet …

“Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi

2023-yil 6-dekabr kuni TTYESIda “O‘zbek va xorijiy tillar kafedrasi” mudiri N.Djurayeva va M.Xolmatovalar mas’ulligida “Konstitutsiyamiz huquq va erkinliklarimiz kafolati” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni “Matbaa texnologiyalari” fakulteti dekani M.Ruzmetov ochib berdi.Mazkur tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Hasanova Mavjuda G‘aniyevna “Konstitutsiya – ijtimoiy davlatning huquqiy asosi” nomli ma’ruzasi bilan ochib berdi. Mavjuda G‘aniyevna o‘z nutqida …