Besh kundan beri davom etib kelayotgan “Axborot kunlari”ga yakun yasaldi

Besh kun ichida besh yuzga yaqin kitobxon talabalar, professor o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchi olimlar 82 metodologik, 29 ilmiy, 54 adabiy va 4 ta xorijiy – umumiy hisobda 169 ta adabiyot bilan tanishishdi.“Axborot kunlari”ga institutning Fizika va elektrotexnika kafedrasi professor-o‘qituvchilari o‘z tashriflari bilan yakun yasashdi.

1 dekabr sanasida Xitoy Xalq Respublikasida joylashgan Uxan to‘qimachilik universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Ko‘p yillik hamkorlardan biri hisoblangan to‘qimachilik universitetida avval ham institutimiz talabalari tahsil olishgan. Bu gal Uxan universiteti tashabbusi bilan aloqalar yangilanadigan bo‘ldi. Uchrashuvda tomonlar imzolanajak memorandum, uning shartlari, 2024 yilda ikki semestrning har biriga 10 tadan yuboriladigan talaba va ularga qo‘yilgan shartlar, turar joy va maishiy xarajatlar, kelgusida PhD falsafa doktori dissertatsiyalarining Xitoydagi himoyasi va …

«G‘ofur G‘ulom merosini o‘rganish va uning o‘ziga xos jihatlari» mavzusida davra suhbati o`tkazildi

30 noyabr kuni «G‘ofur G‘ulom merosini o‘rganish va uning o‘ziga xos jihatlari» mavzusida davra suhbati o`tkazildi. G‘ofur G‘ulomning mashahur asarlaridan «Dinamo», «Yigit», «Egalari egallaganda», «Xitoydan lavhalar» (1931), «Tirik qo‘shiqlar» (1932), «Ko‘kan» (1934), «Sizga» (1935), «Chashma» (1939), «Yangi she’rlar», «She’rlar» (1946), «O‘zbek elining g‘ururi» (1949), «Sharaf qo‘lyozmasi» (1950), «Tanlangan asarlar» (1956-59, 4 jildli) she’riy to‘plam va …

Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Konchilik jihozlari, transporti va mashinasozligi kafedrasi dotsentlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

25-noyabr kuni Rossiya Milliy texnologik tadqiqotlar universitetining Konchilik jihozlari, transporti va mashinasozligi kafedrasi dotsentlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda har ikkala tomon oʻzlarining pedagogik va ilmiy faoliyati bilan tanishtirdi va mavjud eng soʻnggi ilgʻor tadqiqotlar, ularning nazariy va amaliy ahamiyati xususida mushohada qilishdi.

TTYSI mutasaddilari Rossiyaning Kostroma davlat uneversitetida xizmat safarida.

TTYSI mutasaddilari Rossiyaning Kostroma davlat uneversitetida xizmat safarida. Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining kafedrasi mudirlari Omon Kadirov Abror Ulukmuradov 29-noyabr kuni Kostroma davlat universitetining ilmiy ishlar boʻyicha prorektori meditsina fanlar nomzodi, dotsent Stepan Buykin bilan suhbat olib bordi. Suhbat boshida prezidentimiz tomonidan ta’lim sohasiga ko’rsatilayotgan eʼtibor sababli mamlakatimiz hamda xorijiy oliygohlar oʻrtasida talabalar almashinuvi …