“Akademik harakatchanlik” dasturi bo’yicha seminar trening

Loyihada quyidagilar nazarda tutilgan bo‘lishi lozim:✅ilmiy-tadqiqot ishining mavzusi va dolzarbligi;✅ilmiy-tadqiqot ishining obyekti, predmeti, maqsad va vazifalari,✅kutilayotgan ilmiy natijalar;✅nashr etgan ilmiy ishlari ro‘yxati (mavjud bo‘lsa);✅qabul qiluvchi tashkilot tomonidan Vazirlik nomiga taqdim etilgan rozilik xati;✅ilmiy laboratoriya yoki tajriba-konstruktorlik byurolarida ilmiy-tadqiqot olib borishning zarurati, muddati va zarur uskuna, material va reaktivlar📌Ariza topshirish bo’yicha qoʻshimcha ma’lumotlarni “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot …

“Bo’lajak olim” tanlovi bo’yicha master klass

Tanlovda quyidagi mezonlar amal qiladi:✅ilmiy g‘oyani jamiyat va iqtisodiyotdagi ma’lum bir muammoning yechimiga qaratilganligi;✅ilmiy g‘oyaning amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘larning aniq va asoslangan hisob-kitob qilinganligi ;✅ilmiy g‘oyaning aniq amalga oshirish mexanizmlari, muddati va dastlabki natijalari ko‘rsatilganligi .📌Ariza topshirish bo’yicha qoʻshimcha ma’lumotlarni “Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish” boʻlimidan olishingiz mumkin.Murojaat uchun tel.: 90 037 16 …

konstitutsiya kuni

Joriy yilning 2-dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutorlari B.Otajonva, A.Rustamovlar tomonadan “Mening konstitutsiyam 31 yoshda…” mavzusida rasmlar tanlovi tashkil etildi.

Diqqat e’lon!

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiyani o’rganamiz” mavzusida huquqiy-ma’rifiy ochiq muloqot tashkil etiladi… Mexmonlar: O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  boshqarma boshlig’i  Dilmurod Botirov;O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi  boshqarma  bosh mutaxassisi Avaz Ummatov;Sparkassenstiftung for International Cooperation tashkiloti mutaxassisi. Manzil: 1-bino 222-xona;Muddati: 2023-yil 4-dekabr, soat …

TTYESI xodimlari hamkorlik doirasida institutga briktirilgan Toshkent shahridagi professional ta’lim muassalarida bo’lishdi…

Professional ta’lim muassasalariga ilmiy va metodik jihatdan yordam berish ishlarini joyida o’rganish maqsadida joriy yilning 1-dekabr kuni TTYESI O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori X.H.Kamilova boshchiligida O‘quv-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Sh.Mamatmurodov va mas’ul xodimlar Toshkent shahrida joylashgan professional ta’lim muassalariga tashrif buyurdi. Tashrif davomida belgilangan topshiriqlar asosida bajarilgan ishlar muhokama qilinib, kasb-hunar maktablarining o’quvchilari bilimlarini yanada mustahkamlashlari uchun …

Ilmiy seminar

1 dekabr kuni “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasida 3 –kurs  doktorant D.Pattaxovaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi kafedraning kengaytirilgan ilmiy seminarida muhokama  qilindi.Dissertant ishi bo‘yicha professor-o‘qituvchilar tomonidan tavsiyalar berib o‘tildi va keyingi bosqichga o‘tishga bir ovozdan tasdiqlandi.  

1-kurs talabalari sayyor darsda qatnashdi.

1- kurs talabalariga “Oʻzbekistonning eng yangi tarixi” fanidan seminar mashgʻulotlar sayyor darslar tarzida tashkil etildi. Islom Karimov ilmiy-maʼrifiy majmuasida birinchi prezidentning hayoti va faoliyatini, uning shaxsiy va axloqiy fazilatlari haqida turli eksponatlar, foto-fano hujjatlar yordamida maʼlumotlar havola etildi.  Sayyor dars yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat, vatanparvarlik va oʻz vatani uchun masʼuliyatni his etish ruhida tarbiyalashda muhim …

Atrof muhitni asrab-avaylash, yurtimizning boy flora va faunasini kelajak avlodga toʻkis holatda yetkazib berish va aholi oʻrtasida ekomadaniyatni targʻib etish bugun mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. 

Xususan, 2-dekabr kuni institut maʼmuriyati va koʻngilli talaba yoshlar “Yashil makon” dasturi doirasida 200 dan ortiq daraxtni institut tasarrufidagi bogʻlarda ekib chiqishdi. Bir necha soatlar ichida bogʻning landshafti yangicha koʻrinishga ega boʻldi. Endilikda bunday xayrli ishlarni davom ettirishning istiqbolli rejalari muhokama qilinmoqda.

Osh chempionati

2023 yil 30-noyabr kuni talabalar turar joyida TTYESI Matbaa texnologiyalari fakulteti kafedralari , fakultet hotin- qizlar kengashi raisi M.Umarova hamda “MQJT” kafedrasi hotin-qizlar lideri D.R.Safayeva tomonidan tashkillashtirilgan fakultet talabalari o’rtasida “Osh chempionati” tanlovi bo’lib o’tdi.