TTYSIda onlayn olimpiada boʻlib oʻtadi.

💻 Hurmatli talabalar, 6-yanvar kuni institutimizda onlayn olimpiada oʻtkaziladi. Olimpiada muhandislik va kompyuter grafikasi hamda informatika va matematika fanlaridan boʻlib oʻtadi. Onlayn tanlovda soat 10:00 dan 12:00 gacha ishtirok etishingiz mumkin. Barchani ushbu olimpiadada faol boʻlishga chaqiramiz.  

Institutimiz talabalari o’rtasida Mehnat muhofazasi fanidan onlayn olimpiada o’tkazilmoqda

Institutimiz talabalari o’rtasida Mehnat muhofazasi fanidan onlayn olimpiada o’tkazilmoqda. 6-yanvar kuni “Mehnat muhofazasi Online” Telegram guruhida beriladigan savollarga to’g’ri javob berib, kitoblar va esdalik sovg’alarni yutib oling. Savollarga javoblar faqatgina yuqoridagi Telegram guruhda to’g’ri berilgan javoblar qabul qilanadi. “Online olimpiada” barcha talabalar ishtirok etishi mumkin. Ishtirok etayotgan talabalardan iltimos, Telegramda F.I.Sh va guruh raqamizni yozib …

Institutimiz talabalari oʻrtasida onlayn zakovat oʻtkazilmoqda.

4–7-yanvar kunlari “Zakovat TTYSI” Telegram guruhida beriladigan savollarga toʻgʻri javob berib, kitob yutib oling. Viktorina savollari Institut Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti TST fakultet koordinatori X.Rahimjonov tomonidan tuziladi va oʻqib boriladi. Savollarga javoblar faqatgina yuqoridagi Telegram guruhda (http://t.me/Zakovat_TTYeSI) toʻgʻri va aniq yozilgan holda qabul qilinadi. Viktorinada barcha talabalar ishtirok etishi mumkin.  

Hurmatli bakalavriat, magistratura va (PhD) doktorantura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar hamda yosh tadqiqotchilar, ustoz-murabbiylar – institut jamoasi. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqotlardan xabardor bo‘lish, zamon talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish va jahon tajribasini o‘rganish har birimiz uchun juda dolzarbdir. Vengriya davlati bu borada sizga katta ko‘mak berishi mumkin:

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hugaricum” taʼlim dasturi asosida 2019 yildan beri dunyoning 90 mamlakatiga grantlar eʼlon qilib kelmoqda. 2024-2025 o‘quv yillarida O‘zbekiston uchun bunday imtiyozlar soni 170 taga yetkazilgan:Barcha soha yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat uchun 20 ta, magistratura uchun 60 ta va (PhD) doktorantura yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun ham 60 ta grant ajratilgan. Stipendiyalardan uch oydan o‘n …

Diqqat e’lon

2023-yil 19-dekabr kuni TTYESI To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Vatanga mehri baland, qalbi qaynoq, harbiylik sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlarni “Kim vatanga sodiq bo’lsa mendurman o’sha” Vatanparvarlik tadbiriga taklif etamiz. Tadbir mehmonlari: TTYESI harbiy kursantlari. Tadbir o’tkazish joyi, vaqti:1-bino 222-xona soat 11:20

Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi.

Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi. 🛄Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi. 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 10-yanvarga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. @Xodjayeva0121 @usm_d1lshod

Diqqat tanlov!

Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda faolligini oshirish va faol talaba qizlarni aniqlash maqsadida Matbaa texnologiyalari fakulteti talaba-qizlalari uchun “Miss fakultet 2023” ko’rik tanlovini e’lon qilamiz…. 📍Tanlov 2023-yil 13-dekabr kuni Insitut Madaniyat saroyida bo’lib o’tadi. G’oliblar esdalik sovg’alar hamda qimmatbaho buyumlar bilan taqdirlanadi.

Eʼlon

Hurmatli bakalavr va magistratura yo‘nalishidagi talabalar, doktorantlar va ilmiy tadqiqot olib boruvchilar, kafedra mudirlari va ilmiy xodimlari, orangizda Xitoy Xalq Respublikasida talabalar almashinuvi, yozgi taʼlim dasturlari, qo‘shma tadqiqot olib borish yoki magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqchi bo‘lganlar bo‘lsa, eʼlon qilinajak grantlar, yaratib beriladigan sharoitlar va qabul uchun shartlar xususida batafsil maʼlumotga ega bo‘lish hamda universitet …

diqqat_tanlov

Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutori M.Aripdjanova tomonidan fakultet 1-bosqich talaba-qizlari uchun “Miss Fakultet–2023” ko‘rik-tanlovi e’lon qilinadi. Tanlov 2023-yil 15-dekabr soat 12:00 da bo’lib o’tadi. Murojaat uchun: 88-008-28-72 ;97-125-00-82.