“Eng shinam orasta talabalar turar joyi” tadbiri g‘oliblari aniqlandi

       2021-yilning 18-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Talabalar turar joyida “30-iyun – Yoshlar kuni”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng shinam orasta talabalar turar joyi” ko‘rik-tanlov g‘oliblarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Uchrashuvda institut prorektori, professor-o‘qituvchilar, dekan o‘rinbosarlari, mahalla faollari va nuroniylar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.   “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi homiyligida Yakkasaroy tuman Nuroniylar jamoatchilik Kengashi, …

Koreys-O‘zbek to‘qimachilik Texnoparkining yangi yaratilgan veb-sayti taqdimoti

      Joriy yilning 18-iyun kuni “О‘ztо‘qimachiliksanoat” uyushmasi, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda Koreyaning KIAT, KITECH, Gyoengbuk texnoparki, KEXTIA, KBTP kompaniyalari vakillari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.     Uchrashuv davomida muhim masalalar muhokama qilinib, koreys-o‘zbek to‘qimachilik texnoparki uchun veb-sayt ishlab chiqish to‘g‘risida kelishib olindi. Kompaniya vakillari bilan bir qatorda Toshkent to‘qimachilik va …

Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi

      Joriy yilning 16-iyun kuni Yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oliy ta’lim tizimidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.           Bundan buyon OTMlar akademik va tashkiliy-boshqaruv bo‘yicha mustaqil qaror qabul qilishi ta’kidlandi. Davlat ta’lim standartlarini xalqaro standartlarga moslashtirish, fanlarni qayta ko‘rib chiqib, ortiqcha takrorlanishlarni qisqartirish vazifasi qo‘yildi. Talabalarni yotoqxonalar …

“Belariq” mahallasi yoshlariga vaucherlar tarqatildi

Joriy yilning 17-iyun kuni Yakkasaroy tumanidagi “Belariq” mahallasida “temir daftar”ga kiritilgan yoshlarga Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida faoliyat yuritayotgan o‘quv kurslarida imtiyozli ta’lim olish uchun Institut rektori Ilxom Sabirov tomonidan 300 000 so‘mlik vaucherlar tarqatildi.