Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida rо‘yxatdan о‘tgan abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi

Joriy yilning 3-avgust sanasidan boshlab kasbiy (ijodiy) imtihonlar alohida iqtidor talab etuvchi Dizayn (kostyum dizayni) ta’lim yo‘nalishi bо‘yicha boshlandi. Ijodiy imtihonlar institut bosh binosida o‘tkazilayotgan bo‘lib, 168 nafar abituriyentdan 152 nafari ishtirok etishmoqda. Imtihonlar о‘tkazilishidan oldin abituriyentlar rо‘yxatdan о‘tish vaqtida kо‘rsatgan telefon raqamiga SMS xabarnoma yuborilib, ularga imtihon о‘tkazish sanasi, joyi va vaqti ma’lum qilingan. …

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida 2021/2022 o‘quv yili bakalavriat bosqichi uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlari 3,4,5 avgust kunlari o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Abituriyentlarga yanada erkin ijod qilish imkonini berish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, xonalarga sovitish moslamalari o‘rnatilgan. Tibbiyot xodimlari har bir abituriyentning sog‘ligini alohida nazorat qiladilar, ular uchun gigiyena talablariga rioya qilgan holda, suv va salqin ichimliklar tashkil qilinib, xavfsizlikni ta‘minlash uchun Ichki ishlar xodimlari jalb etilgan. Yana bir shaffoflikini ta‘minlovchi muhim qadam, Institutda imtihonlar jarayonlarini …