“Tо‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari” xalqaro kо‘rgazmasi

2021-yilning 7-oktabr kuni Toshkent to ‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi bir guruh professor-о‘qituvchilari hamda magistratura talabalari “Tо‘qimachilik uskunalari va texnologiyalari” xalqaro kо‘rgazmasida ishtirok etishdi.

“Xalqaro paxta kuni” tadbiri o‘tkazildi

Joriy yilning 7-oktyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bо‘yicha prorektori A.E.Gulamov boshchiligida bir guruh professor-о‘qituvchi va magistratura talabalari О‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vazirligida о‘tkazilgan “Xalqaro paxta kuni” tadbirlarida faol ishtirok etishdi. Uchrashuvda Oliygoning professori B.M.Mardonov va dotsent M.Axmatovlar Vazirlik “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlanishdi.

O‘ZBEKISTON-FRANSIYA TA’LIM FORUMI

Joriy yilning 7-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi va Fransiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi hamkorligida Oʻzbekiston-Fransiya ta’lim forumi oʻz ishini boshladi. Xalqaro forumda ikki davlat tashqi ishlar vazirligi va elchixonasi vakillari, nufuzli oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda soha mutaxassislari hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori …

Parij xalqaro moda akademiyasi vakillari tashrifi

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘zbekiston-Fransiya ta’lim forumi”da ishtirok etish uchun xorijiy vakillar Toshkent shahriga tashrif buyurishdi. Shu munosabat bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining xorijiy hamkorlaridan biri bo‘lmish Parij xalqaro moda akademiyasining rahbariyati bilan rasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvlarda Akademiyaning faxriy prezidenti janob Jann-Filip Vaukler va prezident Kristin Valter …

Xalqaro hamkorlik ishlari davom etmoqda

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti bilan ilm-fan va ta’lim integratsiyasi bо‘yicha о‘zaro o‘rnatilgan hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida xorijiy vakillar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Sankt-Peterburg Davlat sanoat texnologiyalari va dizayn universiteti Axborot siyosati va qabul qilish bо‘yicha prorektor о‘rinbosari – Yakovleva Olga Ivanovna hamda A.A. Xarxarov nomidagi Kimyoviy …