“REILEAP” loyihasining 5 – uchrashuvi

Joriy yilning 13-16 oktabr kunlari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Yevropa hamkorligining ERASMUS+ dasturi doirasida “Oliy ta’lim muassasalari hamda charm-mo‘yna va poyabzal sanoati korxonalari o‘rtasida strategik hamkorlikning dolzarb masalalari” nomli xalqaro ilmiy-amaliy seminar ishtirokchilarining “REILEAP” loyihasi 5-uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Gretsiya, Ruminiya, Turkiya, Italiya, Qozog‘iston davlatlaridan vakillar hamda TTYeSI rektori Ilxom Sabirov, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi …

“Qarorlar hayotda” nomli radio eshittirishi

Joriy yilning 13-oktabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori – U.Abdullayev va Marketing va talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i – X.Xazratkulov “O’zbekiston 24” radiosining “Qarorlar hayotda” nomli jonli eshittirishida ishtirok etishdi. Eshittirish orqali ikkinchi va undan keyingi taʼlimni tashkil etish, talabalarga ijara toʻlovining 50% berish tartibi va super …

Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif

Joriy yilning 13-oktabr sanasida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining 8-20 guruh talabalari murabbiysi S.U.Patxullayev boshchiligida Abdulla Qodiriy uy muzeyiga tashrif buyurishdi. Ma’naviy uchrashuvda yozuvchining hayoti va ijodini xotirlashga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Tashrif davomida Abdulla Qodiriyning nabirasi Xondamir Qodiriy tomonidan talaba-yoshlarga bobosining hayotiy faoliyatidan to‘liq ma’lumot berildi. Davra suhbati qizg‘in savol-javoblar bilan yakunlandi. …

Bugun 11-oktabr sanasida Oliygohning yana bir fidoyi xodimi Axborot-resurs markazi direktori Garibyan Rigina Ruslanovna tavallud topgan. Shu munosabat bilan Rigina Ruslanovnani Institut rahbariyati nomidan samimiy muborakbod etamiz!

Barcha ezgu istaklaringiz amalga oshsin! Hayotning hamma jabhalarida hozirgidek kuchli va faol bo‘lishingizda tilkdoshmiz! Qalbingizda ko‘tarinki kayfiyat hamisha hukmron bo‘lsin! Yuragingiz to‘ridan joy olgan insonlarni qadrlash hissi aslo sizni tark etmasin! ug‘ilgan kuningiz qutlug‘ bo‘lsin!

Keksalari e’zoz topayotgan yurt!

2021-yil 4-10-oktabr kunlari “Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish-xalqimizga xos ezgu fazilat” degan gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Keksalar haftaligi” yurtimiz bo‘ylab oʻtkazildi. Shu bois, joriy yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham bir qator ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etildi. Xususan, O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi a’zolari ishtirokida – to‘qimachilik …