Tavallud muborak!

Bugun, 21-mart sanasida institut katta o’qituvchisi, rektor yordamchisi A’zamov Anvar Muzaffarovichning tavallud ayyomi! O’quv yurtidagi faoliyati davomida kasbga ma’suliyat bilan yondashishi, insoniy jihatlari, samimiy va kamtar inson ekanligini barcha birdek qadrlaydi. Ushbu qutlug’ sana hamda Navro’zi olam bayrami bilan muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, farzandlar baxtu kamolini ko‘rib yurish baxtini tilaymiz. Yana bir bor …

Professor-о‘qituvchilarning ko‘rsatmalari asosida talabalarning ilmiy izlanishga qiziqishi ortmoqda

Joriy yilning 17-mart kuni “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasida professor-о‘qituvchilar va 1-kurs talabalari bilan Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutining rivojlantirish konsepsiyasi va dasturidagi vazifalarni 2022-yilda bajarish bо‘yicha Yо‘l xaritasi “IV. Innovatsion ilmiy faoliyatni tashkil etish”, 37-bо‘limidagi “Institutdagi yoshlarni doktorlik mavzusini belgilash va tasdiqlash, ilmiy rahbarlar bilan ta’minlash” maqsadida 1-kurs talabalar orasida Ilmiy ish mavzusiga …

Xalqaro hamkorlikning yangi bosqichi

2022-yilning 18-mart kuni Latviya Liyepaye universiteti tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Erasmus+ loyihalar koordinatori Patrik Morevs hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyatining hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda ikkala oliy o‘quv yurti o‘rtasida imzolangan memorandum ijrosi va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Muzokara natijasida esa – har yili Latviyaning ikki nafar professor-o‘qituvchilari Erasmus+ loyihalarini yozish …

Tavallud muborak!

Bugun, 19-mart kuni institutda uzoq yillardan buyon faoliyat olib boruvchi, fidoyi xodimlaridan biri “Kimyo” kafedrasi professori Rafiqov Adham Salimovich muborak 60 yoshni qarshi olganlari munosabati bilan jamoa ishtirokida qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi! Mazkur shukuhli kunda o‘quv yurti rektori Ilxom Sabirov rahbarligi ostida fakultet dekan va bo‘lim boshliqlari, kafedra professor-o‘qituvchi va ustoz-murabbiylari tomonidan samimiy tilaklar izhor …

Tavallud muborak!

Bugun, 18-mart sanasida institutning “Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi” boshlig‘i, Kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti Nodira Amirovaning tavallud ayyomi! An’anaga ko‘ra, institut rektori Ilxom Sabirov rahbarligida, prorektor, dekan va bo‘lim boshliqlari bilan birgalikda tabriklash marosimi bo‘lib, jamoa a’zolari ularning faoliyatlari xususida samimiy fikrlar bildirishdi. Shuningdek, oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-salomatlik, mazmunli umr, kasbiy …

Institut rektorining fakultet talabalari bilan uchrashuvi yakunlandi

Joriy yilning 18-mart kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Sabirovning Matbaa texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, o‘quv yurti rahbari barchani yaqinlashib kelayotgan 21-mart Navro‘z umumxalq bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar. Uchrashuvda institutdagi o‘qitish tizimi, darslarning sifati, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, axborot-resurs markazi, xususan, talabalar turar joyida …

24-xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” kо‘rgazmasi

О‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Expocontact” kompaniyasi tomonidan joriy yilning 18-19 mart kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan 24-xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” kо‘rgazmasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti ham faol ishtirok etmoqda. Mazkur ko‘rgazmada institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Gulamov, Marketing va talabalar amaliyoti …

“BO’KASPORTWEAR” korxonasiga amaliy tashrif

Joriy yilning 17-mart kuni “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakultetining “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari M.K.Rasulova, Sh.G.Madjidova va 1-kurs M10-11-21 guruh magistratura talabalari Toshkent viloyati Bo’ka tumanida joylashgan MCHJ “BO’KASPORTWEAR” korxonasiga amaliy tashrif buyurdilar. Tashrif davomida korxona faoliyati, unda mavjud zamonaviy bichuv va tikuv jihozlari va ularning ishlash prinsiplari, korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar …

Fakultetlar kesimida talabalar bilan uchrashuv davom etmoqda

Xabaringiz bor, institut rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov har bir fakultetning talaba-yoshlari bilan to’g’ridan-to’g’ri ochiq muloqot o‘tkazmoqda. Bugun, 17-mart kuni To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida yig‘ilish tashkil qilindi. Muloqot doirasida talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishib, yo‘llangan savollarga esa aniq va batafsil javoblar taqdim etildi. Mazkur yig’ilishdan maqsad, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarda hamisha ogoh …