Institutdagi imkoniyati cheklangan yoshlar bilan uchrashuv

Navrо‘z – ezgulik, yaxshi niyat va yaxshi amallar ayyomidir. Bayram munosabati ila institut rahbariyati tomonidan imkoniyati cheklangan (nogironli bo‘lgan) hamda chin yetim talabalarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ko‘ngliga xushnudlik baxsh etish maqsadida bayram tadbiri tashkil etilib, esdalik sovg‘alari ulashildi. Uchrashuvda o‘quv yurti rektori Ilxom Sabirov talaba-qizlarni Navro‘zi olam bilan muborakbod etib, jamoa nomidan samimiy qutladi. Shuningdek, …

Xush kelding, Navro‘z!

Vatanga muhabbat va sadoqat kabi gʻoyalarni oʻzida mujassam etgan Navroʻz xalqimizning eng qadimiy, asl milliy bayramidir. Ayni kunlarda yurtimiz go‘shalarida Navro‘z umumxalq bayrami keng nishonlanmoqda. Serquyosh diyorimizning barcha joylarida bo‘lganidek, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham Navro‘z bayrami katta tantanalar bilan kutib olindi. Xususan, Talabalar turar joyida joriy yilning 28-mart kuni bayramga bag‘ishlangan, “Qadriyatlari …

Talaba-yoshlar o`rtasida “ZAKOVAT” intellektual o`yini bo`lib o`tdi

Joriy yilning 28-mart kuni Institutda yuksak ma’naviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta o‘zlashtirgan har tamonlama sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazishga qaratilgan yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish hamda ularga o‘z iqtidorlarini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, ularni rag‘batlantirish maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. O‘yinda “1-jamoa”, “2-jamoa”, 3-jamoa”, “PSTF”, “”YESTDF”, …

TTJda yashovchi talaba-qizlar bilan uchrashuv!

Joriy yilning 28-mart kuni Institutning Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar bilan Yurtboshimiz tomonidan “8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami” arafasida so’zlagan nutqi mazmun-mohiyati va xotin-qizlarga, yosh talabalarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida suhbat olib borildi. Xotin-qizlar masalalari Kengashi a’zolari hamda Institut psixologi R.Muhamedjonova tomonidan talaba-qizlar bilan alohida uchrashib, ularning muammolari, taklif va savollariga atroflicha javob berildi.

TTJda yashovchi qizlar bilan uchrashuv

Joriy yilning 26-mart kuni Institutning Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi qizlar o’rtasida Davlat rahbarining 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida so’zlagan nutqi va xotin-qizlarga hamda talabalarga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida suhbat olib borildi. 🖇Shuningdek, har bir fakultet xotin-qizlar masalalari bo’yicha raislari talaba-qizlar bilan alohida uchrashib, ularning muammolari, taklif va savollariga atroflicha javob berildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi

Yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, ularni ish bilan ta’minlash maqsadida joriy yilning 25-mart kuni Toshkent shahar prokurori katta yordamchisi B.Abdullayev, Yakkasaroy tumani prokurori o‘rinbosari B.Shamsiyev va Yakkasaroy tumani Bandlikka ko‘maklashish markazi rahbari M.Tojiyev ishtirokida Prezident topshirig‘ining ijrosini amalda bajarish maqsadida talaba-yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig’ilishda hozirgi kunda yoshlarni ijtimoiy himoya qilish, ishlash …

“PLASTEKS” MCHJ yigirish korxonasiga amaliy tashrif

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi professor-о‘qituvchi va talaba-yoshlari “PLASTEKS” MCHJ yigirish korxonasida tashkil etilgan mahorat darsida ishtirok etishdi. Tadbir 2020-yil yanvar oyida tuzilgan hamkorlik shartnomasi doirasida о‘tkazilib, shartnoma bandlarida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonun talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, professor-о‘qituvchilarning malakasini oshirish, korxonaning yutuqlarini aks ettiruvchi materiallar bilan о‘zaro almashuvni yо‘lga …

“Uch avlod uchrashuvi”

Joriy yilning 24-mart kuni “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasida “Uch avlod uchrashuvi” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini 1980-1985-yillarda mobaynida “Tikuv buyumlari texnologiyasi” va “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash” mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olgan sobiq talabalari, shuningdek, kafedraning faxriy uztozlari va professor-o‘qituvchi va talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Ushbu tadbirda institut rektori …

“MAKON FEST – 2022” festivali

Joriy yilning 20-21-22 mart kunlari Poytaxtimizning “Do‘stlik” bog’ida Navro‘z ayyomi munosabati bilan “MAKON FEST – 2022” – milliy san’at va an’analar festivali bo’lib o’tdi. Mazkur shodiyonada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari tomonidan an’ana va urf-odatlarni aks ettiruvchi milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Milliy matolarimiz mujassamligida yaratilgan haqiqiy ijod namunalari – …