“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT BILAN!”

Institut talaba-yoshlarini dunyoda yuz berayotgan voqea-hodisalardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rgatish, ularning ma’naviyati va dunyoqarashini boyitish, yoshlarda zamon taraqqiyoti sari chegara bilmayotgan yot g‘oyalarga qarshi mustahkam immunitet hosil qilishlariga ko‘maklashish maqsadida joriy yilning 1-mart kuni “Jaholatga qarshi ma’rifat bilan!” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita a’zosi Nodir Shomirzayev, Yakkasaroy tuman IIB XPB …

TTYeSI xodimlari xalqaro ko‘rgazmada.

“Uzcharmsanoat” uyushmasi tashabbusi bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati ko‘magida Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi dotsentlari M.U.Ilxamova va M.B.Shamsiyevalar Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida MOSSHOES xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasida ishtirok etishmoqda. Tashrifning asosiy maqsadi poyabzal va charm attorlik buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarni barpo etish uchun Rossiya va boshqa davlatlarning ilg‘or tajribalarini o‘rganish, tajriba …

Institutda obodonlashtirish ishlari .

“Yashil makon” umummilliy loyihasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining jamoasi faol ishtirok etmoqda. Kuni kecha o‘quv yurtining Ipak texnologiyasi kafedrasi hududida “Yashil makon” tadbiri doirasida 20 tup oq va qizil atirgul ko‘chatlari ekildi. Shuningdek, institutdagi gulzorlar obodonlashtirilib, yerlar ag‘darildi. Daraxtlarga shakl berilib, bahor faslida atrof muhitning obodligi uchun barcha birdek harakat qilmoqdalar.

Stipendiya sovrindorlari munosib taqdirlandi.

O‘zbekiston Respublikasi talabalari uchun ta’sis etilgan davlat sipendiyasi tanlovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 4 nafar talabasi ya’ni, To‘xtamurodova Hilola Mashrabjon qizi – Prezident stipendiyasi, Shavkatova Ozoda Ibroxim qizi – Islom Karimov nomidagi Davlat stipendiyasi, A’zamjonov A’lamjon Shavkat o‘g‘li – Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi, To‘lqunova Mushtariybonu Maxmudjon qizi – Beruniy nomidagi …