TTYSI talabalari ishtirokida karnaval oʻtkazildi

19-dekabr kuni dizayn studiyasida Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutorlari hamda Yoshlar ittifoqi aʼzolari kirib kelayotgan 2024-yil munosabati bilan bayram tashkillashtirdi. Tadbir oldidan yigʻilganlarga shirinliklar tarqatildi, ularda turli tilaklar yozilgandi. Dasturdan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari va interaktiv oʻyinlar oʻrin oldi. Yakunda barcha ishtirokchilar bayram kayfiyatini beruvchi qoʻshiq sadolari ostida raqsga tushib, bir-birini kirib kelayotgan yangi …

Dual taʼlimni rivojlantirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi

15-dekabr kuni institut qoshidagi texnoparkda “Dual taʼlim boʻyicha xalqaro tajriba — kasbga yoʻnaltirish, kvalifikatsiyani oshirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.Bu davra suhbatida professor-oʻqituvchilar, yirik korxona rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirni oʻtkazishdan asosiy maqsad yoʻlga qoʻyilgan dual taʼlim tizimini yanada rivojlantirish va kelgusidagi istiqbolli rejalarni muhokama qilishdan iborat.

Diqqat e’lon

2023-yil 19-dekabr kuni TTYESI To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan Vatanga mehri baland, qalbi qaynoq, harbiylik sohasiga qiziquvchi talaba-yoshlarni “Kim vatanga sodiq bo’lsa mendurman o’sha” Vatanparvarlik tadbiriga taklif etamiz. Tadbir mehmonlari: TTYESI harbiy kursantlari. Tadbir o’tkazish joyi, vaqti:1-bino 222-xona soat 11:20

TTYSIning nomdor davlat stipendiyalariga munosib koʻrilgan talabalari

Qobiliyatli yoshlarni ragʻbatlantirish tizimini yanada takomillashtirish, ularni faol yaratuvchilik faoliyatiga keng jalb etish, iqtidorli talabalarni qoʻllab-quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlar yili” davlat dasturi asosidagi qarori doirasida joriy yil uchun nomdor davlat stipendiyalarga munosib koʻrilgan talabalar roʻyxati eʼlon qilindi. Ularning orasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti talabalari ham bor. Marhamat, ular …

REILEAP loyihasining “Yangi texnologiyalar va biznes modeli” yangi o’quv kursi

Gretsiyaning Krit texnika universiteti hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o’qituvchilari tomonidan trening kurslarining o’quv dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur Erasmus + REILEAP loyihasi asosida olingan zamonaviy jihozlarni ishlatish va o’quv jarayonga tadbiq qilishga qaratilgan. Ma’lumot uchun: +99890134-08-88  

REILEAP loyihasining “Poyabzal yetkazib berish zanjiridagi innovatsiyalar” yangi o’quv kursi

Italiyaning Politecnico Calzaturiero S.C.A.R.L. (POLYCALZ) hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o’qituvchilari tomonidan trening kurslarining o’quv dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur Erasmus + REILEAP loyihasi asosida olingan zamonaviy jihozlarni ishlatish va o’quv jarayonga tadbiq qilishga qaratilgan. Ma’lumot uchun: +99890134-08-88

REILEAP loyihasining “Charm ishlab chiqarish/siffat nazorati” yangi o’quv kursi

Turkiyaning Ege Universiteti hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professor-o’qituvchilari tomonidan trening kurslarining o’quv dasturi ishlab chiqildi. Mazkur dastur Erasmus + REILEAP loyihasi asosida olingan zamonaviy jihozlarni ishlatish va o’quv jarayonga tadbiq qilishga qaratilgan. Ma’lumot uchun: +99890134-08-88

15-dekabr kuni “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama xamkorlik doirasida illiq fikrlar bildirildi.  Shin Myung Seop, “KOICA”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori: “Mamlakatingizga 1995-yilda ham tashrif buyurgan edim. 28 yildan soʻng yana yurtingizga qadam qoʻyish nasib etdi. Ochigʻi oʻzgarishlar juda katta, rivojlanish jarayoni juda tezlashgan. Poytaxtda joylashgan bir qancha institut va universitetlar bilan hamkorligimiz bor. Ammo ularning sanoatga umuman aloqasi yoʻq. …

TTYSI va Koreya oliygohlarida oʻrtasida “2+2” oʻquv dasturi tashkil etiladi.

🇰🇷15-dekabr kuni “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda tomonlar TTYSIning raqamlashtirish jarayonini boshlash hamda uning kelajakdagi istiqbollari xususida suhbat qurdi. Hamkorlik oʻz ichiga koʻp qirrali innovatsion oʻzgarishlarni oladi: Muzokaralar soʻngida institut talabalari manfaatlaridan kelib chiqqan holda faxriy professor Davron Vaxabov tashabbusi bilan Koreyaning toʻqimachilik va yengil sanoat sohalaridagi eng …

“Oybek uy-muzeyi”ga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirishdi

“Oybek juda kelishgan, ko’rkam, salobatli inson edi. Yuz va ko’zlarining ifodasidan ruhan boyligi, ichki dunyosining kengligi, aql-zakovati, go’zalligi va sofligi ko’rinib turardi. Buni rassomlar ham, haykaltaroshlar ham to’la ifoda eta olmadilar. Bu mukammal chehra faqat mening yuragimda qolgan… (Zarifaxonim) Joriy yilning 15-dekabr kuni TTYESI Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor U.Abdullayev, Ilmiy ishlar …