TTYSI mutasaddilari ITEC kuniga bagʻishlangan tadbirda qatnashdi

20-dekabr kuni Hindiston elchixonasi boshchiligida ITEC kuniga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Ushbu tadbirda TTYSI vakillari ham ishtirok etib, ITEC dasturi boʻyicha oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashishdi. Tadbirda Hindistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Manish Prabha soʻzga chiqib, dasturning oʻzbekistonlik ishtirokchilariga faol ishtiroki uchun oʻz minnatdorchiligini izhor etdi va dastur boʻyicha Hindistonga yuborilganlar soni 200 mingdan oshganini …

Hurmatli bakalavriat, magistratura va (PhD) doktorantura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar hamda yosh tadqiqotchilar, ustoz-murabbiylar – institut jamoasi. Soha yo‘nalishlari bo‘yicha eng so‘nggi tadqiqotlardan xabardor bo‘lish, zamon talablaridan kelib chiqqan holda faoliyat olib borish va jahon tajribasini o‘rganish har birimiz uchun juda dolzarbdir. Vengriya davlati bu borada sizga katta ko‘mak berishi mumkin:

Vengriya hukumati o‘zining “Stipendium Hugaricum” taʼlim dasturi asosida 2019 yildan beri dunyoning 90 mamlakatiga grantlar eʼlon qilib kelmoqda. 2024-2025 o‘quv yillarida O‘zbekiston uchun bunday imtiyozlar soni 170 taga yetkazilgan:Barcha soha yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat uchun 20 ta, magistratura uchun 60 ta va (PhD) doktorantura yo‘nalishidagi tadqiqotchilar uchun ham 60 ta grant ajratilgan. Stipendiyalardan uch oydan o‘n …

Tadbirkorlar va talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

TTYSI rektori Davron Vaxabov tashabbusi bilan 21-dekabr kuni taniqli tadbirkorlar va 500 nafar talaba ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi. “Talabalar forumi” doirasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda qimmatli maslahatlar berildi, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan yaratilgan sharoitlar sanab oʻtildi. Kelgusida aynan ishbilarmonlik faoliyati bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan yoshlar sohaning yetuk mutaxassislaridan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi. Uchrashuv davomida …

Akmal Yusupov, “Yustex” MCHJ rahbari

“Bu institutni juda koʻp yetakchi tadbirkorlar bitirgan. Ularning muvaffaqiyat siri nazariy bilimlardan amaliyotda toʻlaqonli foydalana olganidadir. Dual taʼlim tizimi asosida korxonamizga TTYSIning yetti nafar talabasi kelgan edi. Qisqa muddat oʻtganiga qaramasdan ular orasidan ikki yoshni rasman ishga oldik. Barchangizga maʼlum qilmoqchimanki, 100 nafar talabani oʻz qanotimiz ostiga olishga tayyormiz. Ularga amaliy bilim berishda oʻz hissamizni …

Jamshed Urakov, Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi oʻrinbosari

“Yaqinda boʻlib oʻtgan selektorda muhtaram prezidentimiz tomonidan Savdo-sanoat palatasiga yangi vazifalar yuklandi. Ularning barchasi bevosita soha rivoji va mamlakat iqtisodiyoti bilan bogʻliqdir. Taʼkidlash joizki, dunyoning hech bir mamlakatida palatalarga bunday ishonch hali berilmagan. Bizning eng asosiy maqsadimiz esa yangi ish oʻrinlarini yaratish va tadbirkorlarga yordam berishdir. Aziz talabalar, olib borilayotgan siyosat natijasida tadbirkorlar soni, aminmanki, …

BMT mutaxassisi texnopark faoliyati bilan tanishdi

20 dekabr kuni BMTning “UNCTAD” dasturi bo’yicha mutaxassis – Slavo Radosevich Kor-Uz Texnoparkiga tashrif buyurdi.Uchrashuvda Janob Radosevich dasturning eng oliy maqsadi – barqarorlik uchun fan, texnologiya va innovatsiya parklari: Osiyo va Afrika mamlakatlarida siyosat va amaliyotda tajribani shakllantirish doirasida texnoparkning o’quv-amaliy laboratoriyalari bilan tanishib chiqdi.Mutaxassisning e’tirof etishicha Kor-Uz texnoparki mamlakatda sohani rivojlantirish uchun munosib mahorat …

Riga texnika univeritetida “Oʻzbekiston kuni” oʻtkazildi

19-dekabr kuni Riga texnika univeritetida “Oʻzbekiston kuni” tadbiri uyushtirildi. Fakultet dekani Vyacheslav Bobrov hamda oʻzbekistonlik talabalar ishtirokida o’tkazilgan tadbir davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Talabalar milliy ramzlarimizni faxr bilan tilga oldi. Institutimizda taʼlim tizimi boʻyicha olib borilayotgan yangiliklar haqida maʼlumot berildi. Tadbirning 2-qismida ishtirokchilar bilan viktorina oʻtkazilib, sovgʻalar taqdim etildi va barcha yigʻilganlar oʻzbek milliy …

Qatar News Agency — Qatar davlat axborot agentligi uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov bilan intervyu

Qatar News Agency — Qatar davlat axborot agentligi uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov bilan intervyu—— Интервью Председателя Торгово-промышленной палаты Даврона Вахабова для государственного катарского информационного агентства — Qatar News Agency https://www.qna.org.qa/en/newsbulletins/2023-12/19/0048-Chairman-of-Uzbekistan’s%C2%A0CCI-to-QNA%C2%A0Qatar-a-Model-to-Emulate-in-Anti-Corruption-Field    

TTYSI mutasaddilari top reytingga kiruvchi universitet faoliyati bilan tanishdi

18-dekabr kuni top-1000 oliygohlar reytingiga kiruvchi Riga texnika universitetining Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi, doktor Natalya Murachova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Suhbatda amaliyot oʻtash boʻyicha bajariladigan ishlar rejasi muhokama qilindi. Professor-oʻqituvchilar universitetning tashkiliy tuzilmasi, ilmiy yoʻnalishlari, oʻquv va ilmiy laboratoriyalar hamda oʻquv jarayoni bilan tanishtirildi.