Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi.

Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi. 🛄Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi. 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 10-yanvarga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. @Xodjayeva0121 @usm_d1lshod

Joriy yilning 14-dekabr kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talaba-qizlari o’rtasida “Miss Fakultet–2023” ko‘rik-tanlovi bo’lib o’tdi.

Tanlov ishtirokchilari uchta shart (tanishtiruv, sport, karving mahorati, ) bo‘yicha o‘zaro bellashdilar.           a) Jalilova Muxlisa   – “Eng iqtidorli talaba” nominatsiyasi;b) Hamidullayeva Sevara – “Ijodkor talaba” nominatsiyasi;c)Tojiboyeva Zahro – “Eng maxoratli talaba” nominatsiyasi;d)Davronova Iroda – “Eng pazanda talaba” nominatsiyasi bilan taqdirlandilar.

Tadbir

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida harbiy qism kursantlari ishtirokida “Yoshlar huquqlarini kafolatlash Yangi O‘zbekiston konstitusiyasining ustuvor yo‘nalishi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Yurgin Vays, “GIZ” iqtisodiy rivojlanish agentligi rahbari

“Hammaning eʼtiborini qaratgan xalqaro anjuman yakunlanganiga hali hech qancha boʻlgani yoʻq. Janob rektor, oʻshanda siz bilan birinchi bor uchrashgan edik. Tanishganimizdan soʻng ikkinchi uchrashuvimiz bu qadar qisqa fursat ichida tashkil etiladi, deb hech ham oʻylamagan edim. Aminman, hamkorligimiz xuddi shunday tez fursatlarda oʻz mevasini beradi”.

13-dekabr kuni “GOPA Consulting Group” tasarrufidagi “GIZ” iqtisodiy rivojlanish agentligi bilan memorandum imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar hamkorlikning istiqbollari, kutilayotgan natijalar va yaratiladigan sharoitlar xususida bafurja gaplashib olishdi.Imzolangan hamkorlik shartnomasiga asosan TTYSI va GIZ qator rejalar asosida chora-tadbirlarni amalga oshirishadi:

2023-yilning 11-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti talabalari o‘rtasida diniy bag’rikenglik masalalari yuzasidan davra suhbati tashkil etildi

Unda Diniy ishlar qoʻmitasi masʼul xodimi, islomshunos olim Jahongir Meliqo‘ziyev, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor Ulug‘bek Abdullayev, fakultet dekanlari, institut xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etishdi. Tabdir davomida Jahongir Meliqo‘ziyev bugungi kunda davom etayotgan diniy ekstremizm va terrorizm global xarakterga ega bo‘lib, dunyoning barcha mamlakatlari hamda mintaqalariga birdek xavf solayotgani, bu yo‘lda ilm-ma’rifat …

11-dekabr kuni Diniy ishlar qoʻmitasi masʼul xodimi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Suhbatda diniy aqidaparastlik, diniy bagʻrikenglik siyosati, diniy radikallikka qarshi kurashishda olib borilayotgan chora-tadbirlarga urgʻu berildi. Uchrashuv soʻngida mutaxassis va talabalar oʻrtasida savol-javob oʻtkazildi. Yigʻilganlar masʼul xodimdan oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollarga toʻliq javob olishdi.

11-dekabr kuni Germaniyaning “Gesamtmasche” assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

🇩🇪Uchrashuvda “TOT Strategy” loyihasi asosida texnologlar tayyorlash boʻyicha oʻquv kurslarini tashkil etishga kelishib olindi. Muhokamaga koʻra, uch yoʻnalish boʻyicha 9 nafar mutaxassis tayyorlanadi va ular kelgusida soha yoʻnalishi boʻyicha institut va korxonalar kesimida texnologlar uchun qisqa muddatli kurslarda oʻquv tashkil qiladi. Bundan tashqari, olib borilgan muzokaralar doirasida kelgusida istiqbolli dasturlar amalga oshirishga kelishib olindi: Suhbat …

Hurriyatga erishib, erkinligini butun dunyoga ovoza qiladigan davlat borki, albatta, Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etgan davlat ramzlarini qabul qiladi

Hurriyatga erishib, erkinligini butun dunyoga ovoza qiladigan davlat borki, albatta, Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etgan davlat ramzlarini qabul qiladi. Bugun butun xalqimiz 1992-yil 10-dekabr kuni Oliy Kengashning oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi” toʻgʻrisidagi qonunning 31 yilligini nishonlayapti. Ushbu madhiyada xalqimizning boshidan kechirgan erksiz kunlari, uning asl qudrati …