Birinchi kurs talabalari va ota-onalari Institut rektori Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi

TTYESIda 2023-yil 8-dekabr O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan Paxta sanoat texnologiyasi fakultetining 2023-2024 o’quv yilida ma’naviy- ma’rifiy va tashkiliy ishlar hamda o’quv jarayonida har tomonlama faol bo’lgan birinchi kurs talabalari ota-onalari Institut rektori Tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.Tashakkurnomalarni Birinchi prorektor U.Abdullayev hamda Fakultet dekani M.Ochilovlar taqdim etdi. Tadbirni fakultet tyutori N.Imamova tashkil etdi.

Diqqat e’lon!

Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirining 2023-yil 9-avgustdagi 351-son buyrug’i Chora-tadbirlar rejasi 16-bandi ijroda… 🙌🏻 Sizni 2023-yil 6-dekabr kuni soat 11:00 da KURASH sport turi boʻyicha olimpiada, jahon, respublika bosqichi gʻoliblari ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy, motivatsion uchrashuvga taklif qilamiz! Taklif etilgan mehmonlar: Sportning “Kurash” turi bo’yicha chempionlar Amatboyev Og‘abek, Zokirjonov Asomiddin. …

“Gemini Cad” TTYSI talabalari uchun ham oʻrganish obyektidir.

Bugun ishlab chiqarish korxonalarida keng qoʻllaniladigan va kiyimlarni loyihalashda eng samarali dasturlardan biri hisoblangan – “Gemini Cad” TTYSI talabalari uchun ham oʻrganish obyektidir. Talabalarga ushbu dasturning afzalliklarini yanada batafsilroq tushuntirish, uning ustunliklari haqida tasavvur uygʻotish va eng soʻnggi versiyasi bilan tanishtirish maqsadida 15 yillik tajribaga ega boʻlgan “ApexGroup” korxonasining yetakchi mutaxassisi Gulchehra Kamilova mahorat darsiga …

“O‘zgalar dardi” nomli spektaklining premyerasi

5 dekabr kuni institutning qator professor o‘qituvchilari, fakultet dekanlari va prorektorlar Nurillo Abbosxonning “O‘zgalar dardi” nomli spektaklining premyerasini tomosha qilish uchun O‘zbek milliy akademik drama teatriga taklif etildilar. Sahnada O‘zbekiston Xalq artistlari Gavhar Zokirova, Erkin Komilov va Muqaddas Xoliqovalar o‘z rollarini mahorat bilan ijro etishdi. “O‘zgalar dardi” tomoshabinga shifokorlik kasbi, uning faoliyatidagi og‘riqli nuqtalar va …

“ApexGroup” korxonasining yetakchi mutaxassisi – Gulchehra Kamilova mahorat darsiga taklif etildi.

Bugun ishlab chiqarish korxonalarida keng qo’llaniladigan va kiyimlarni loyihalashda eng samarali dasturlardan biri hisoblangan – “Gemini Cad” TTYSI talabalari uchun ham o’rganish obyektidir.Talabalarga ushbu dasturning afzalliklarini yanada batafsilroq tushuntirish, uning ustunliklari haqida tasavvur uyg’otish va eng so’nggi versiyasi bilan tanishtirish maqsadida 15 yillik tajribaga ega bo’lgan “ApexGroup” korxonasining yetakchi mutaxassisi – Gulchehra Kamilova mahorat darsiga …

hamkorlik_ochiq_eshiklar_kuni

Joriy yilning 4-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutidagi mavjud shart-sharoitlar bilan tanishtirish, yoshlarni kelgusida foydali kasb egasi bo’lishlariga ko’maklashish maqsadida Toshkent tumani Yangiyo’l agrotexnologiyalar texnikum o’quvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi. Tashrif buyuruvchilar institut to’g’risida ko’plab ma’lumot va shart-sharoitlar bilan “To’qimachilik matolari texnologiyasi kafedrasi” mudiri O.Ortiqov, “Yigirish texnologiyasi kafedrasi” o’qituvchisi A.Abdimuxtorov va …

diqqat_tanlov

Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy sohalardagi faolligini kuchaytirish, tashabbuskor, faol, jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti tyutorlari tomonidan fakultet talaba-qizlari uchun “Miss fakultet-2023” ko’rik-tanlovini e’lon qilamiz… Tanlov 2023-yil 7-dekabr soat 11-30 1-bino 222-xonada bo’lib o’tadi. G’oliblar diplom va qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi. Qo’shimcha savollar uchun: @Berdiyeva_Oyshahar

konstitutsiya_kuni

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi boʻlib, millatidan qatʼiy nazar barcha oʻzbek xalqi, fuqarosining butun bir imkoniyati va majburiyatlarini o’zida aks ettiradi. Huqularimiz kafolati hisoblangan konstitutsiya uzoq yillar davomida yangi Oʻzbekistonning baxtli va kelajagi buyuk avlodlari uchun munosib xizmat qiladi… 🙌🏻 TTYESI Matbaa texnologiyalari fakulteti tomonidan Konstitutsiyamiz qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan 2023-yil 6-dekabr soat 11:00 …

Diqqat e’lon!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 12-avgustdagi 93-sonli bayoni ijroda… Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutida “10-dekabr – O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun” munosabati bilan 2023-yil 5-dekabr soat 12:00 da 2-312 xonada tadbir tashkil etiladi. Tadbirga barchangizni taklif qilamiz.Hurmat bilan, tyutorlar Sh.Muqimova, Z.Saparbayeva

“Inson huquqlari bilimdoni—2023” tanlovi oʻtkazilmoqda.

📖Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan “Inson huquqlari bilimdoni—2023” tanlovi oʻtkazilmoqda. Tanlovda 100ga yaqin talaba toʻrt yoʻnalish boʻyicha qatnashmoqda. Birinchi ikki yoʻnalish doirasida talabalar test savollariga javob beradi. Qolgan ikki nominatsiyada gʻoliblikka daʼvogarlar oʻzlarining insho yozish mahoratlarini namoyish etadi. Tanlov natijalari 6-dekabr kuni eʼlon qilinadi.