Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi.
Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi. 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 20-fevralga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. @usm_d1lshod,@Xodjayeva0121