Davlat rahbari tomonidan ayollar orasida rahbarlarni koʻpaytirish, menejment va boshqa sohalarning boshqaruv strukturalarida xotin-qizlarning ishtirokini samarali taʼminlash ishlari qoʻllab-quvvatlanmoqda.

Xususan, 11-fevral Xalqaro olimalar kuni ham yurtimizda keng miqyosda nishonlandi. Sana doirasida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti olima ayollari vakillari institut qoshidagi akademik litseydagi xotin-qizlar  bilan uchrashuv tashkil qildi. Suhbat davomida yosh va tajribali olimalar oʻzlarining ilmiy faoliyatlari xususida soʻzlab berdi.

Talabalar uchun psixoterapik trening boʻlib oʻtdi.

16-fevral kuni talabalar uchun psixoterapik seminar-trening boʻlib oʻtdi. Treningda art-terapiya, yaʼni sanʼat orqali davolanish xususida soʻz bordi. Oʻtish davri, kommunikatsiyaga kirish jarayonida toʻsiqlarga duch kelish yoki ijtimoiy faollikdan choʻchish kabi masalalarda fotografiya, kitob mutolaasi va tasviriy sanʼat bilan shugʻullanishning ahamiyati va inson ruhiy holatining barqarorligi tahlil qilindi.

15-fevral kuni institutimiz talabalari Turkiyaning Sakarya universitetidagi tengdoshlari bilan onlayn aloqaga chiqishdi.

Bugungi kunda toʻqimachilik va yengil sanoat sohasi boʻyicha dunyoda qator davlatlar peshqadamlik qilmoqda. Ular jumlasiga Turkiya ham kiradi. Ushbu qardosh mamlakat bilan ikki davlat rahbari oʻrnatgan doʻstlik va hamkorlik aloqalari nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki oliy taʼlimda ham oʻzining samarali aksini topmoqda. Xususan, 15-fevral kuni institutimiz talabalari Turkiyaning Sakarya universitetidagi tengdoshlari bilan onlayn aloqaga chiqishdi. …

Davron Vaxabovning maqolasi “Yangi Oʻzbekiston”da chop etildi.

Kadrlar tayyorlash va ishlab chiqarish jarayoni samaradorligini oshirish bugungi kunda davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Prezident tomonidan belgilan berilgan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasidagi ustuvor maqsadlar taraqqiyot jarayonini boshlashda nafaqat milliy kasbiy qadriyatlar, balki xorijiy tajribadan foydalanishni ham taqazo etmoqda. “Yangi Oʻzbekiston” gazetasining 16-fevral sonida professor Davron Vaxabovning “Chin hamkorlik — Yevropadan Xitoygacha” nomli tahliliy maqolasi chop …

TTYSI vakillari tomonidan targʻibot ishlari olib borilmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan kadrlar tayyorlashda texnologlar va muhandislar tarbiyasiga katta ahamiyat berish talabi qoʻyilmoqda. Ishlab chiqarish sohasining rivoji va unda malakali mutaxassislarning faoliyat olib borishi Yangi Oʻzbekistonning eng oliy maqsadlaridan biridir. Xususan, yoshlarni zamonaviy kasbiy yoʻnalishlar va texnika sohalaridagi ilm-fanga jalb etish, ular orasida yuqori kvalifikatsiyaga ega xodim imijini tasavvurini shakllantirish uchun joylarda TTYSI vakillari …

Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (phd), dotsent Nodira Shotursunovaning “Kichik biznesda toʻqimachilik yoʻnalishini takomillashtirishda nazariy izlanishlar” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.

Jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyotimizda koʻproq tayyor mahsulot eksportiga eʼtibor berilmoqda. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham bugungi kunda bozorni optimallashtirish va uni har qanday byurokratik toʻsiqlardan tozalash talabini qoʻydi. Shu bois bozor iqtisodiyotining eng zamonaviy va ilgʻor trendlarini va undagi oʻzbek milliy dinamikasini nazariy jihatdan tahlil qilish dolzarbdir. “Inson rivoji va integratsiyasi Amerika ilmiy jurnali”da (American …

Zahiriddin Muhammad Boburning tavallud ayyomini muborak bo’lsin

Mamlakatimiz juda boy tarixga ega. Uni olim-u fuzalolar, sarkarda-yu podshohlar va shoir-u yozuvchilar hamisha bezab kelgan. Shu sababdan davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarda tarixiy tafakkurni shakllantirish, kelajakka tarix prizmasi orqali qarash va milliy gʻururni tarbiyalashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Har yil 14-fevral sanasida xalqimiz oʻzining shoh va shoiri, uch asrli tarixga ega sulola asoschisi — Zahiriddin Muhammad …

Talabalar tahsil olish uchun Germaniyaga yuboriladi.

13-fevral kuni Germaniyaning Albstadt-Sigmaringen universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuv davomida tomonlar ikki bilim yurtining kelgusidagi akademik hamda pedagogik hamkorligi dinamikasini kelishib oldi. Unga koʻra, TTYSIning 10 nafar talabasi joriy yilning sentyabr oyida Germaniya universitetida bir semestr davomida soha yoʻnalishlari boʻyicha tahsil oladi. Bundan tashqari, dastur doirasida talabalarga universitet tomonidan tekin turar-joy hamda korxonalarda …

Rektor va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

12-fevral kuni Savdo-sanoat palatasida TTYSI rektori Davron Vaxabov bir guruh talabalar bilan uchrashib, suhbat oʻtkazdi. Muhokama davomida rektor “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga toʻxtalib, bu talabalar uchun katta imkoniyatlar eshigini ochishini taʼkidladi. Davron Vaxabov ushbu loyihada shaxsan ishtirok etib, 3 emas, naqd 10 nafar talabani tanlab, ularni kelajakda oʻziga hamkor qilib tarbiyalashini maʼlum qildi. …