Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori.

“11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Ushbu kunni har yili nishonlash orqali ayollarning ilmiy faoliyatda ishtirok etish muammosiga eʼtibor qaratish, ayollar va qizlarning ilm-fan, texnika va innovatsiyalar sohasida erishgan yutuqlarini alohida eʼtirof etish maqsad qilingan. Institutimizdagi barcha ilm-fan sohasi bilan shugʻullanuvchi ayol-qizlarimizni bayram bilan muborakbod etamiz. Sharafli faoliyatingizga rivoj va muvaffaqiyatlar tilaymiz”.

TTYSIda “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga start berildi

12-fevral kuni institut faollar zalida “Kiyim Textile” kompaniyasi rahbari Otabek Hakimov va “Nurafshon-nur” korxonasi rahbari Muhabbat Tashmuhamedova talabalar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Dastlab, institut prorektori Nodira Shotursunova yoʻlga qoʻyilayotgan yangi loyiha shartlari bilan talabalarni tanishtirdi. Shundan soʻng tadbirkorlar faoliyati va yutuqlari haqida qisqacha maʼlumot berib oʻtdi. Loyihaga koʻra, talabalar uch yoʻnalishda takliflarini taqdim etishi kerak: Talabalar …

Bugun, 10-fevral kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti dekani Nodir Mirzayev tavallud kunini nishonlamoqda

Hurmatli Nodir Bahodirovich, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti jamoasi hamda talabalari sizni tugʻilgan kuningiz bilan tabriklaydi. Sizga uzoq va mazmunli umr, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va xotirjamlik, faoliyatingizda esa ulkan zafarlar tilab qolamiz. Bayramingiz muborak boʻlsin!

“EWoman” asoschisi bilan davra suhbati tashkil etildi

9-fevral kuni AQSHdagi “EWoman” notijorat tashkiloti asoschisi bilan davra suhbati oʻtkazildi. Tashkilot asoschisi, yillik 30 AQSH million dollari foydaga ega Oʻzbekistonlik tadbirkor Shahlo Karaman bilan Amerikadagi grantlarda qatnashish va ularni qoʻlga kiritish, toʻqimachilik va yengil sanoat sohasidagi eng nufuzli oliy taʼlim muassasalari hamda tadqiqot institutlari bilan hamkorlik oʻrnatishda tor hamkorlik olib oborish masalalari koʻrib chiqildi. …

Igor Voytov, Belarus texnika universiteti rektori.

 “Rektor sifatida hamkasbimning qilgan ishlarini juda yuqori baholayman. Ikki davlat rahbari taʼkidlaganidek, kadrlar eng asosiy masaladir. Bizning doʻstona munosabatlarimiz ayni kadrlar masalasiga kelib tutashgani har ikkala tomon uchun ham manfaatli. Biz Markaziy Osiyoning eng ilgʻor laboratoriyalarda tadqiqot oʻtkazamiz. Sizlarning talabalaringiz esa imtiyoz asosida Belarusda oʻqishni davom ettirish, yoʻl va turar joy xarajatlarini oʻylamasdan ilmga shoʻngʻish …

Belarus texnika universiteti rektori TTYSI faoliyati bilan tanishdi.

8-fevral kuni oliygoh rektori Igor Voytov talabalar va 90 yildan ortiq tarixga ega bilim yurti bilan yaqindan tanishish maqsadida TTYSIga tashrif buyurdi. Voytov bilan imzolangan memorandumga qoʻshimcha ravishda mehnat muhofazasi va ekologiya, texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish, matbaa texnologiyalari hamda charm va moʻyna sanoati bilan bogʻliq yoʻnalishlarda ham tor hamkorlik olib borish …

7-fevral kuni Istanbul tijorat universiteti vakilari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda TTYSI hamda Istanbul tijorat universiteti bilan hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq harakatlar belgilab olindi. Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan: Uchrashuv yakuniga koʻra, ITU vakillari Institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bayon etdi.