“Fashion Art – 2024” uchun kasting eʼlon qilindi.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida “Fashion Art – 2024” loyihasiga start berilmoqda. Tanlovda qatnashmoqchi boʻlganlar uchun 12-fevralga qadar kasting eʼlon qilindi. Loyihada talabalar oʻzining eskizlari bilan ishtirok etadi. Kastingdan oʻtishni xohlaydigan talabalar uchun maxsus guruh havolasi bu yerda (https://t.me/TTYSI_fashion_art_2024). Oʻz omadingizni qoʻldan boy bermang!  

7-fevral kuni “Bellegprom” Belarus konserni bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv konsern raisi Tatyana Lugina va institut talabalari oʻrtasida oʻtkazildi. Ushbu uchrashuvdan koʻzlangan maqsad talabalarning zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida malakasini oshirishi uchun imkoniyat yaratishdan iborat. Ushbu malaka oshirishda talabalar quyidagi imtiyozlarga ega boʻladi:

“Oʻz biznesingni boshla” tanlovi muddati uzaytirildi.

Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi (https://t.me/ttysi_uz/639). 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 20-fevralga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. 📞@usm_d1lshod, @Xodjayeva0121

“Sure Step” bosh direktori Otabek Hakimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

▶️2024-yil — “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” munosabati bilan TTYSI va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Bir tadbirkor — uch hamkor” loyihasiga start berildi. Loyiha bir yilda mamlakatdagi eng muvaffaqiyatli 20 nafar tadbirkorni oʻziga jalb etadi. Xususan, 2-fevral kuni loyihaning ilk hamkori “Sure Step” kompaniyalar guruhi bosh direktori Otabek Hakimov bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Uchrashuvda Otabek Hakimov …

1-fevral kuni Xotin-qizlar qoʻmitasi institut profilaktika noziri bilan uchrashdi

Suhbat davomida institutimiz qoʻmitasi aʼzolari yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning oldini oldini olish, zoʻravonlikka qarshi kurashish hamda talaba qizlar bilan yaqindan aloqa oʻrnatishda huquq tartiboti xodimlari bilan hamkorlik qilish masalalarini koʻrib chiqishdi. Uchrashuvda aniq hayotiy keyslar orqali kelgusidagi hamkorlik dinamikasi kelishib olindi.