Institut qoshidagi Akademik litsey bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi.

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti Akademik litseyini tamomlagan о‘quvchilarga joriy yilning 2-iyul kuni tantanali ravishda diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Dastavval, О‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi yangradi. 2022-yilda Akademik litseyni 170 nafar o‘quvchi tamomlab, shulardan 12 nafari imtiyozli diplomga ega bo’ldi. TTYeSI rektori Ilxom Sabirov tomonidan diplomlar taqdim etilib, samimiy tilaklar izhor qilindi. Ajoyib taassurot va …

Oybek ijodini xotirlab Uy-muzeyiga tashrif

О‘zbek adabiyoti rivojida Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybekning ijodi alohida о‘rin tutadi. Joriy yilning 1-iyul kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga biriktirilgan adib Oybek uy-muzeyiga tashrif uyushtirildi. Ushbu tadbirda О‘zbekiston Fanlar Akademiyasining akademigi, filologiya fanlari doktori, professor – Naim Karimov, adabiyotshunoslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat …

Mahalla islohotlari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 1-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut Toqimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi proffesor-o’qituvchilari “Rakat” mahalla fuqarolar yig’ini raisi yordamchisi va mahalla faollari bilan “Bosh qomusimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Hisobot

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori – Ilxom Kaxramonovich Sabirov rahbarligi ostida Kengash yig‘ilishi o‘tkazildi. Ushbu yig‘ilishda ta’lim dargohining To’qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani – Toxir Baxromovich Murodov tomonidan 2021-2022 o‘quv yili yakuni yuzasidan fakultet kesimida yillik hisobot berib o’tildi. Shuningdek, 2022-2023 yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Tavallud muborak!

Bugun, 1-iyul kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti tyutori – Niyazova Gulchehra Saidaxmatovnaning tavallud ayyomi munosabati bilan institut rektori Sabirov Ilxom Kaxramonovich boshchiligida fakultet dekani, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchi va xodimlar jamoasi hamda tyutorlar tomonidan samimiy qutlandi. Uchrashuv chog‘ida Gulchehra Saidaxmatovnaning hozirda yuritib kelayotgan ma’suliyatli tyutorlik mehnat faoliyati davomida talaba-yoshlarning vaqtini …

Hamkorlikning yangi bosqichi

Joriy yilning 30-iyun kuni O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, “LC WAIKIKI” kompaniyasi vitse-prezidenti Yasemin Tamer va bir guruh nufuzli xorijiy kompaniya vakillari Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Kor-Uz To’qimachilik texnoparkiga hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida tashrif buyurdi. O’quv yurti rektori Ilxom Sabirov tomonidan institutning moddiy-texnik bazasi, ishlab chiqarish va tuzilishi, umumiy faoliyati, …

Amaliy tashrif

Joriy yilning 30-iyun kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti professori Gulorom Masharipova Bog’ot yengil sanoat texnikumiga tashrif buyurdi. Uchrashuv chog’ida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaning yangi qonun loyihasi bilan tanishtirildi. Shuningdek, institutga yangi o’quv yili uchun qabul jarayonlari bo’yicha ham ma’lumot berildi.

Hisobot

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov boshchiligida Kengash yig‘ilishi o‘tkazilib, mazkur yig‘ilishda 2021-2022 o‘quv yili yakuni sarhisobi hamda 2022-2023 yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan Matbaa texnologiyalari fakulteti dekani – Hamid Amirovich Temirov fakultet kesimida hisobot berib o‘tdi.