Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yilida talabalarda tadbirkorlik dunyo qarashini oshirish, ularda yetakchilik va hamkorlik koʻnikmalarini hosil qilish yoʻlidagi saʼy-harakatlar davom etmoqda.
Xususan, 2023-yilning oktyabr oyida ilgʻor startaplarni qoʻllab-quvvatlash hamda zamonaviy bozor tendensiyalariga javob beruvchi biznes gʻoyalarini va ularning mualliflarini kashf etish maqsadida Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilingan edi. Tanlovda qariyb uch yuzga yaqin yosh muhandislar, injener-texnologlar va dasturchilar ishtirok etishdi. Ular taqdim etgan loyihalar bugungi …