“Kitob hayot chirog‘i” nomli ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 22-dekabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan talabalarning bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Kitob hayot chirog‘i” mavzusida tadbir о‘tkazildi. Tadbirda О‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi Alisher Boymurodov ishtirok etdi. Alisher Boymurodov talabalarga о‘z ijodiy faoliyati bо‘yicha, kitob tanlashda nimalarga e’tibor berish kerakligi, kitob о‘qish foydalari haqida gapirib o‘tdi hamda о‘z qalamiga mansub bo‘lgan ijodiy …

Pokistonlik mutaxassis Muhammad Shoib ishtirokida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 21-dekabr kuni “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi tomonidan talabalarni mustaqil hayotga tayyorlash va ularda hayotiy va biznes kо‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Uztex Group” MCHJning sifat bо‘yicha menejeri Pokistonlik mutaxassis Muhammad Shoib ishtirokida “Mahsulot sifatini oshirishga qaratilgan amaliy chora tadbirlar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.Uchrashuv savol-javob tarzida samarali tashkillashtirildi hamda talabalar bir qator amaliy kо‘nikmalarga ega bo’ldilar.

O‘zbek san’ati milliylikning nodir durdonasidir!

Joriy yilning 18-dekabr kuni Korporativ boshqaruv kafedrasi professor-o‘qituvchilari tashkilotchiligida Muhtaram Yurtboshimizning 5 muhim tashabbus yo‘nalishlari doirasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti 4-talabalar turar joyida musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirga O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining sozanda va xonanda yoshlari tashrif buyurdi.

“InnoWeek.Uz – 2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan o’tkazilgan “InnoWeek.Uz – 2021” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi Xalqaro interaktiv yarmarkasida Ipak texnologiyasi kafedrasi professori H.Alimova rahbarligida “Tabiiy ipakdan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish” tijoratlashtirish loyihasi doirasida tayyorlangan mahsulotlari bilan ishtirok etib, Eng yaxshi stend uchun SERTIFIKAT hamda Faol ishtiroki uchun TASHAKKURNOMA bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga …

“FACTOR BOOKS” nashriyoti bilan hamkorlikda tadbir bo‘lib o‘tdi

2021-yilning 18-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat insitutida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus” doirasida “FACTOR BOOKS” nashriyoti hamda Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi kafedrasi hamkorligida o‘quv yurtida tadbir o’tkazildi. Dastlab, institut kirish qismida tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasida nashriyotda chop etilgan ommabop va yuqori saviyali …

Kitob – ma’naviyat ko‘zgusidir!

Odamning ulug‘vorligi uning bo‘yi bilan o‘lchanmaganidek, xalqning ulug‘ligi ham uning soni bilan o‘lchanmaydi. Yagona o‘lchovi – uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir! Joriy yilning 18-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat insitutida “Factor books” nashriyoti tomonidan o‘ziga xos yo‘nalishdagi turli xil qiziqarli asarlar taqdimoti bo’lib o‘tdi. Kitob yarmarkasida institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar hamda kitobsevar talaba-yoshlar …

Iqtidorli yoshlar doimiy e’tiborda!

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Yengil sanoat texnologiyasi va dizayni falulteti 27-21 guruhi talabasi Turdiqulova Setora Nizomiddin qizi Isroil davlatida bo‘lib o‘tgan “Holy Land” INTERNATIONAL DIGI-ART FESTIVAL-COMPETITON festivalida onlayn tarzda Badiiy hunarmandchilik nominatsiyasi bo‘yicha o’z qo’l mehnati asosida yaratilgan o’zbek milliy taqinchoqlari bilan ishtirok etib, Grad Prix sovrindori bo‘ldi.Tashabbuskor va intiluvchan yoshlarni institut rahbariyati …

Talabalar yashash sharoiti doimiy nazoratda hamda “Meros” MFYga tashrif

2021-yilning 16-dekabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Korporativ boshqaruv” kafedrasi tashabbusi bilan kafedraga biriktirilgan “Meros” mahallasi kutubxonasiga 20dan ortiq badiiy adabiyotlar taqdim etildi. Shu bilan bir qatorda, professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari yuzasidan nazorat ishlari olib borildi

“XALQ YURAGI” nomli film namoyishi o’tkazildi

Kinematografiya agentligi tomonidan o‘tkazilayotgan “Milliy kinematografiya-Yangi O‘zbekiston timsoli” nomli kino oyligi doirasida Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyida joriy yilning 16-dekabr kuni Muso Toshmuhammad o’g’li Oybek ijodi va faoliyatiga bag’ishlangan “XALQ YURAGI” hujjatli filmi namoyish qilindi. Film О‘zbekiston Kinematografiya agentligi hamda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti bilan hamkorlikda suratga olingan.Tadbirni institut prorektori U.Abdullayev ochib berdi va …