Как прошёл одиннадцатый день Летнего Университета в РГУ им. А.Н. Косыгина?! Вчера для участников проекта «Летний Университет» была подготовлена экскурсия в на старейшую обувную фабрику России «Парижская Коммуна». Сегодня «Парижская коммуна» совмещает международные стандарты, импортное оборудование и всемирную моду с российским сырьем и отечественными инженерно-техническими талантом и смекалкой.

Hashar.Atrof obodligi

Yashab turgan va faoliyat olib boradigan joyimiz toza, ozoda, saramjon-sarishta va ko‘rkam bo‘lsagina baraka kirib keladi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining mehnatkash jamoasi erta tongdan institut maydonining obodligiga o‘z hissasini qo‘shdilar. Daraxtlar oqlanib, manzarali gullarga shakl berildi. Shuningdek, atrof ortiqcha chang va g‘uborlardan tozalandi. Bunday xayrli ishlar yangi 2022-2023 o‘quv yili boshlanishi oldidan ham …

“Korporativ boshqaruv” kafedrasi xodimlari Bog‘ot yengil sanoat texnikumida

Joriy yilning 13-iyul kuni Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Korporativ boshqaruv” kafedrasi katta о‘qituvchisi T.Saidmuratova va assistent O.Otaniyozov Bog‘ot yengil sanoat texnikumiga tashrif buyurdilar. Bunda esa “Buxgalteriya hisobi va audit” ta’lim yо‘nalish bitiruvchilariga Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-yanvardagi 17-son qarori asosida texnikumni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yо‘nalishlariga suhbat asosida о‘qishga qabul …

Munosabat.Shaffoflikni ta’minlash – asosiy vazifamiz!

Jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy tо‘siq bо‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illat – korrupsiya ekanligini hamma yaxshi biladi. Shu sababli yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yо‘q qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda (https://telegra.ph/Shaffoflikni-taminlash—asosiy-vazifamiz-07-19). TTYESI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bо‘limi boshlig‘i Nasriddin Ochilov

Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish “HEMIS” axborot tizimining talabalar uchun mobil ilovasi ishlab chiqildi.

Endilikda talabalar oʻquv jarayoniga tegishli boʻlgan:    reyting daftarchasi;  transkript;  oʻzlashtirish     koʻrsatkichlari; nazorat jadvallari; fanlarning elektron resurslari kabi maʼlumotlarni mazkur mobil ilova orqali olishlari mumkin. Shuningdek, mobil ilovada joriy yil bitiruvchilari uchun QR-kodli diplom maʼlumotlarini (fayli) yuklab olish imkoniyati mavjud. Ilovani yuklab olish AppStore:https://apps.apple.com/ru/app/hemis/id1626119615?platform=iphone GooglePlay:https://play.google.com/store/apps/details?id=com.tmetjem.hemis&hl=ru&gl=US

С Днём Рождения

Уважаемый Белгородский Валерий Савельевич, от всей души поздравляю вас с Днём рождения! Вы опытный руководитель с современным стилем управления, ваше остроумие, талант, инициативы и трудолюбие приносят вам успех и заслуженное уважение. Ваш жизненный путь связан со служением самым высоким целям науки. Вы внесли и вносите в умножение духовного богатства и знаний российской молодежи.Пусть работа ректора …

Rektor va xodimlar uchrashuvi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimida о‘z faoliyatini boshladi. Shu munosabat bilan joriy yilning 19-iyul kuni prorektor, dekan, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchi va ustoz-murabbiylar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Mazkur jarayonda ta’lim dargohi hayotiga oid turli masalalar muhokama qilinib, kelgusidagi rejalar maqsad qilindi. Fakultet dekanlariga 4-kursni tamomlagan talaba-yoshlar …

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga o‘qishga topshirmoqchi bo‘lgan ABITURIYENTLAR DIQQATIGA!!

Institutda 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish hamda ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” faoliyati tashkil etildi. Quyidagi telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin. Murojaat uchun: (+99871) 253-69-31, (+99871) 253-36-66 Qabul bo‘yicha rasmiy telegram kanali: …

Tavallud muborak!

Bugun, 18-iyul sanasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti fizika-matematika fanlari doktori, professor Mardonov Botir Mardonovichning 80 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz. Yana uzoq yillar davomida ta’lim dargohining faxrli ustozlaridan biri bо‘lib, shogirdlarga bilim, tarbiya va hayotiy kо‘nikmalar berishlariga tilakdoshmiz! Ma’lumot o‘rnida, Botir Mardonovich 1942-yil 18-iyulda Samarqand viloyatining xizmatchi …

Diqqat! Tanlov!

“To’qimachilik sanoatida Italiya zamonaviy texnologiyalarining o’rni” mavzusida tanlov o’tkaziladi. Shartlar quyidagicha: 3-kursni tugatgan bakalavr yoki 1-kurs magistraturani tugatgan, ingliz tilini juda ham yaxshi biladigan TALABALAR Ishtirok etishlari mumkin. Til bilish darajasi mukammal bo’lishi hamda ingliz tilida bemalol ijodiy ish yoza olishi lozim. Tanlov g’olibi Italiya davlatida bo’lib o’tadigan seminarda ishtirok etadi. Murojaat uchun: +998333950011