Yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo’yicha davra suhbati

Joriy yilning 26-sentabr kunida bo‘lib o‘tgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti 3-talabalar turar joyida “Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikni, odam savdosi, giyohvandlikni hamda firibgarlikni barvaqt oldini olish” va “Internet xavfsizligi” mavzularida hamkorlikdagi profilaktik davra suhbatida fakultet dekan o‘rinbosari I.Yusupov, “Muhandislik grafikasi va mexanikasi” kafedrasi mudiri O.Ortiqov, Yakkasaroy tumani IIOFMB 4-IIB …

Xalqaro hamkorlik

Joriy yilning 23-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga Ozarbayjon va Turkiya davlatining “Ishbilarmonlar birlashmasi” rahbari Ruslan Imamzade tashrif buyurgan mehmonlar, institut rektor maslahatchisi Dilyara Shayxutdinova va “O’zbek va Xorijiy tillar” kafedrasi katta o’qituvchisi Shahnoza Nurbekovalar tomonidan rasmiy kutib olindi. Ruslan Imamzade tashrif doirasida institutda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona va kompyuter xonalari bilan …

TTYESI TTJ

Ayollar va qizlarni bezaydigan eng muhim fazilatlardan biri bu – pazandalikdir. Talaba-qizlarning kundalik odatiga aylangan oshxona ishlarida qanchalik faolligini ko’rish va ularga qo’shimcha mahoratli sirlarni o’rgatish maqsadida joriy yilning 23-sentabr kuni Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti tyutori Z.Yebekova tomonidan 1-Talabalar turar joyi qizlari o’rtasida pazandachilik darsi tashkil etildi. Mazkur qiziqarli jarayonda har xil turdagi …

Mahallalar bilan hamkorlik

Toshkent toʼqimachilik institutining Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri rahbarligida 2022-yil 9-sentabrdagi 10/1-2323-sonli topshirigʼi bilan tasdiqlangan “Mamlakatimizda 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni”ni yuqori saviyada oʼtkazish boʼyicha chora-tadbirlar dasturida yuklatilgan vazifalar yuzasidan tadbirlar rejasi boʼyicha 23-sentabr kuni “Tikuv buyumlarini konstruktsiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-oʼqituvchilari “Qushbegi” MFY raisi va Xotin-qizlar masalalari boʼyicha maslahatchi bilan hamkorlikda maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar, …

TTYESI hashar

Joriy yilning 24 sentyabr kuni Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti “Muhandislik grafikasi va mexanikasi” kafedrasi mudiri O.Ortiqov boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari institutda kafedraga ajratilgan hududda xalqimizga xos bo‘lgan qadriyat – hashar ishlarini olib bordi. Kafedra jamoasi ushbu ishlarda faol ishtirok etib, hududdagi daraxtlar taglarini yumshatishdi hamda ariqlar tozalandi. Zero, obod joyda baraka bo‘ladi.

Amaliy tajriba

Shveytsariyaning yetakchi to’qimachilik uskunalari ishlab chiqaruvchi Rieter kompaniyasi murabbiyi Rolf Willen, Global Textile Solutions kompaniyasida Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti o’qituvchilari uchun amaliy mashg’ulot o’tkazdi. Davlatlar o’rtasidagi hukumat kelishuvi doirasida, Rieter bir qator o’quv dasturlarini yo’lga qo’ydi. Birinchi trening Toshkent to’qimachilik va yengil sanaot institutining professor-o’qituvchilari uchun o’tkazildi. Hafta davomida eshituvchilar nazariy bilimlarga ega …

Xalqaro tajriba

To‘qimachilik sanoati murakkab va xilma-xil tarmoqlardan iborat bo‘lib, uning eng yirik mexanizmlaridan biri ip yigirish jarayonidir. Ular tabiiy va kimyoviy tolalardan sifatli iplar tayyorlash, orqali eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun to‘quvchilarga katta imkoniyatlar yaratib beradi. Hozirda respublikamiz qo‘shma korxonalari Germaniyaning “Trutzschler” va “Saurer” kompaniyasiga qarashli “Schlafhorst”, “Volkmann” va “Zinser”, Shvetsariyaning “Rieter” firmalarining zamonaviy texnologiyalari bilan …

“Institut – mahalla” doirasida kelgusidagi Istiqbolli rejalar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 23-sentabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining “Mehnat muhofazasi va ekologiya” kafedrasi mudiri O.Yo‘ldosheva boshchiligida kafedra professor-o‘qituvchilari, Yakkasaroy tumani “Dilbuloq” M.F.Y. raisi yordamchisi, Yoshlar yetakchisi Sh.Inoyatovalar ishtirokida 2022-2023 o‘quv …