24-yanvar kuni AQSHning “USAID MST” bozor tizimlarini oʻzgartirish loyihasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda koʻrib chiqilgan asosiy masalalardan biri bu institutimiz tashabbusi bilan yaratilayotgan “Toʻqimachilik va yengil sanoat sohasida Xalqaro Muloqot maydoni” platformasi boʻldi. Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan: Kelishuvlarning amalga oshirilish muddatlari hamda kelgusidagi nafaqat toʻqimachilik, balki xalqaro biznes maydonida talab ortib borayotgan boshqa yoʻnalishlar boʻyicha ham hamkorlik qilish masalalariga oydinlik …

Saodat Zuparova, Yakkasaroy tuman gaz taʼminoti boʻlimi xavfsizlik texnikasi boʻyicha yetakchi muhandisi.

“Yongʻin xavfining oldini olish, unga oid maʼlumotlarni tarqatish va aholi oʻrtasida gazdan oqilona foydalanishni targʻib qilish maqsadida “Xavfsiz gaz” nomli Telegram guruhlarimiz mavjud. Barchangizdan oʻzingiz va yaqinlaringiz xavfsizligi hamda turli vaziyatlarda qanday chora koʻrishni bilish uchun shu guruhga aʼzo boʻlib qoʻyishingizni soʻrayman”.

Yongʻin xavfsizligiga oid davra suhbati oʻtkazildi.

23-yanvar kuni institutimizda talabalar bilan yongʻin xavfsizligiga oid davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yakkasaroy tumani boʻlimi mutaxassislari is gazi chiqqanda qanday yoʻl tutish, portlash va yongʻinning oldini oqilona olish, oliygoh va turar joyda yongʻin xavfsizligi qonun-qoidalariga rioya qilish haqida batafsil maʼlumotlar berdi. Shuningdek, gaz taʼminoti muhandisi is gazini aniqlash, uning kimyoviy xossalari va …

TTYSI faoliyati Tojikistonda targʻib qilinmoqda.

19-yanvar kuni institutimiz professor-oʻqituvchilari Oliy oʻquv yurtlariga kirish uchun targʻibot-tashviqot ishlarini oʻtkazish va barcha taʼlim yoʻnalishlari, qoʻshma taʼlim yoʻnalishlari faoliyati bilan tanishtirish maqsadida Tojikistonning Istaravshan shahridagi kasb-hunar kollejiga bordi. Oʻzbekistonda soha rivoji uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi, xomashyo zaxirasi, ishlab chiqarish sektoriga davlat rahbari tomonidan yaratilib berilayotgan imkoniyatlar, shu bilan birga mamlakatdagi oliygohlar, xususan, TTYSI professor …

SHIRINOVA MA’MURA Xikmatullaevnaning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida

“Tana tayanch yuzasida patologik o‘zgarishlarga ega bemorlar uchun buyumlar assortimentini loyihalashning kompleks usulini ishlab chiqish” mavzusidaShirinova Ma’mura Xikmatullayevnaning 05.06.04-«Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» ixtisosligi bo‘yicha «Tana tayanch yuzasida patologik o‘zgarishlarga ega bemorlar uchun buyumlar assortimentini loyihalashning kompleks usulini ishlab chiqish» mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Toshkent to‘qimachilik va yengil …

Teatrga tashrif

19 yanvarda professor-o‘qituvchilar Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatriga tashrif buyurishdi. Teatrda rejissyor N.Shodmonov tomonidan sahnalashtirilgan “Baxshi” spektakl namoyish etildi.  Milliy qadriyatlar va ajdodlar hayotini o‘z obrazlarida tarannum etgan mahoratli aktrisa va aktyorlar ishtirokidagi  spektakl nafaqat madaniy  hordiq, balki tarixga nazar solib, sahna jarayondan cheksiz taassurotlar  qoldirdilar.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda “Bir tadbirkor — uch hamkor” lohihasiga start berdi.

Loyihaning birinchi mehmoni — “Sure Step” kompaniyalar guruhi bosh direktori Otabek Hakimov. Tanlov gʻoliblari tadbirkorning rasmiy hamkori boʻladi va ularga biznesini boshlash uchun yordam beriladi. Tanlov quyidagi yoʻnalishlarda boʻlib oʻtadi: Arizalar 25-fevralgacha qabul qilinadi. Loyihada ishtirok etishni istaydigan talabalar arizani Marketing boʻlimiga (2-bino 214-xona) topshirishi kerak. Shoshiling, ajoyib imkoniyatni qoʻldan boy bermang!

Abdulhamit Avsar, Istanbul Tijorat universiteti rektori.

“Xush keldingiz. Sizlarni koʻrganimdan bagʻoyat xursandman, qadamingiz qutlugʻ boʻlsin. Biz oʻzbek qardoshlarimizni juda yaxshi koʻramiz. Shunday ekan, siz oʻzga elga yoki bizning shahrimizga mehmon boʻlib emas, qaysidir maʼnoda ikkinchi uyingizga tashrif buyurdingiz, deb ayta olaman. Bizning universitet koʻpgina oliygohlar bilan hamkorlik qiladi, ammo oʻzbekistonliklarga mehrimiz boʻlakcha”. Abdulhamit Avsar, Istanbul Tijorat universiteti rektori.

Kunning ikkinchi yarimida TTYSI delegatsiyasi Istanbul Tijorat universiteti rektori professor Abdulhamit Avsar tomonidan doʻstona kutib olindi.

Universitetda 6 ta fakultet, 29 ta kafedra va 5 ta institut boʻlib, jami 10 000 dan ortiq talabalar tahsil oladi. Ularning 1200 nafari 87 ta davlatdan kelgan xorijlik talabalardir. Rektorning aytishicha, Turkiyaning hozirgi tijorat vaziri ham bir paytlar shu universitetda dars bergan. Universitetda toʻqimachilik yoʻnalishi ham mavjud boʻlib, Abdulhamit Avsar hamkorlikni aynan shu yoʻnalishda boshlashni …

Nodira Shotursunova, Xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor.

Bugungi tashrifimiz rektorimiz Davron Vaxabovning tashabbusi hisoblanadi. Biz ayni damda oliygohimizda xalqaro munosabatlarni kuchaytirish borasida istiqbolli rejalarni tuzib oldik. Oliygohimiz malakali kadrlarni yetishtirishda yetakchi hisoblanadi. Mavjud laboratoriyalar barcha zamon talablariga javob beradi. Sizlar bilan uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikka erishishimiz uchun hamda institutimiz haqida batafsil tasavvurga eta boʻlishingiz uchun sizni rektorimiz nomidan oliygohimizga taklif etamiz.